De Bryuynega Saudiya Arabistonidan yiliga 24 mln evro taklif qilishdi
10 apr 19:31
Yangiliklar


De Bryuynega Saudiya Arabistonidan yiliga 24 mln evro taklif qilishdi
"Inter Mayami" futbolchi uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Amerika klubi De Bryuynega 2027 yilgacha mo'ljallangan va yana 3 yilga uzaytirish imkoniyati bo'lgan shartnoma tayyorlamoqda. Xabarlarga ko'ra, "Inter Mayami" "Manchester Siti" sardori uchun katta mablag' sarflashga tayyor va bu borada katta ishni amalga oshirishga ham ulgurdi.
Bundan tashqari Kevinga Saudiya Arabistonidan ham qiziqish bor. Saudiya Arabistonining ikkinchi ligasi azosi "Neom" 33 yoshli belgiyalikka yiliga 24 million evro to'lashga tayyor. Klub va De Bryuyne vakillari o'rtasida muzokaralar boshlangan, ammo yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan. Chunki o'yinchining o'zi hamon AQSH variantini o'rgganib chiqmoqda, sababi Mayamidagi hayot tarzi unga va oilasiga ko'proq mos tushgan bo'lardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar