De Bryuyne: "Siti"ning APLda g'alaba qozonmasligi fojea emas"
24 dek 2019 16:20
Yangiliklar


De Bryuyne: "Siti"ning APLda g'alaba qozonmasligi fojea emas"
"Manchester Siti" xavbeki Kevin De Bryuyne Xosep Gvardiolaning o'yin uslubidan mamnun ekanligini aytdi.
"Siti" futbolchilari Premer-ligada g'olib chiqishmasa ham, ajoyib futbol namoyish etishlaridan faxrlanishadi.
"Biz uzoq vaqt davomida bitta uslubni o'zimizga singdirishga harakat qildik. Bu oldinga harakat qilishning usulidir.
Biz to'rt mavsum davomida Gvardiolaning qo'l ostida o'ynadik. Biz uslubimizni o'zgartirmoqchi emasmiz. Jamoa astoydil harakat qilmoqda.
Odamlarga bizning futbolimiz yoqishi uchun harakat qilamiz. Keling, mavsum oxirida nima bo'lishini ko'ramiz. Agar "Man Siti" APLni yutmasa, bu fojea emas. Asosiysi biz yaxshi futbol namoyish etmoqdamiz", - deydi De Bryuyne.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar