De Bryuyne "Oltin to'p"ni kimga berish kerakligini aytdi
18 okt 2021 20:14
Yangiliklar
De Bryuyne "Oltin to'p"ni kimga berish kerakligini aytdi
"Manchester Siti" etakchisi Kevin de Bryuyne 29 noyabr kuni Parijda taqdim etiladigan "Oltin to'p" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agar "Oltin to'p" sohibini tanlaganimda, ikki yillik davrni baholagan bo'lardim. Men "Bavariya"dagi ko'plab gollari va yutuqlari uchun Robert Levandovskini tanlagan bo'lardim", - deydi De Bryuyne.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda "Oltin to'p" sovrini koronavirus pandemiyasi tufayli hech kimga berilmagandi. Futbol olamining ko'plab vakillari bu qarorni o'sha mavsum ajoyib o'yin ko'rsatgan Robert Levandovskiga nisbatan adolatsiz deb hisoblashgan.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar