De Bryuyne kichik jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi
05 iyu 2021 20:30
Yangiliklar
De Bryuyne kichik jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi
“Man Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ECHL finalida “CHelsi”ga qarshi bahsda yuz qismidan jarohat olgandi.
Avvalroq, uning burni singani haqida xabar berilgandi. SHuningdek, futbolchi ko'z kosasiga shikast etgani tufayli operaciya ham qilindi.
“Hammasi juda yaxshi, quvnoq kayfiyatda o'tdi. De Bryuyne dushanba kuni jamoaga qo'shilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Ushbu kichik operaciya tezroq tiklanishi uchun zarur edi. Endi sog'ayishi uchun ko'p vaqt talab etilmaydi. Jarrohlik amaliyoti atigi 20 daqiqa davom etdi”, deydi Belgiya TJ ustozi Roberto Martines.
Avvalroq, Martines de Bryuyne Evro-2020 doirasida Rossiyaga qarshi o'tadigan 12 iyundagi bahsni o'tkazib yuborishini aytgandi.
Fikrlar