De Bryuyne: "CHelsi"dan ketish faoliyatimdagi eng to'g'ri qaror bo'lgan"
06 jan 2023 12:53
Yangiliklar
De Bryuyne: "CHelsi"dan ketish faoliyatimdagi eng to'g'ri qaror bo'lgan"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne londonliklar safida o'tkazgan davrini esladi.
"Men "CHelsi"ni tark etdim, chunki u erda o'ynash imkoniyatim yo'q edi. "CHelsi"ni tark etish – futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi qaror.
Ketganimdan keyin hammasi iziga tushib ketdi. O'shanda "Manchester Siti"da o'ynashimni va Jahon chempionatida to'p tepishimni tasavvur ham qila olmasdim", – dedi de Bryuyne.
"CHelsi" 2012 yilning yanvarida De Bryuyneni "Genk"dan sotib olgandi. Biroq 2012 yil avgust oyida u "Verder"ga ijaraga o'tdi va jami bir yarim mavsum o'ynadi. 2014 yilning yanvarida "Volfsburg" Kevinni "CHelsi"dan 22 million evro evaziga xarid qildi. 2015 yilning yozida "Manchester Siti" De Bryuyneni nemislardan 76 million evroga qo'lga kiritdi.
Fikrlar