De Bryuyne: "Angliya va Franciya Evro-2020 favoritlari hisoblanadi"
05 apr 2019 00:50
Yangiliklar
De Bryuyne: "Angliya va Franciya Evro-2020 favoritlari hisoblanadi"
"Bir hafta oldin Angliya termasi yigitlariga ular Evropa chempionatida g'olib bo'lishi kerakligini aytdim. O'ylashimcha, Angliya bilan bir qatorda Franciya ham Evro-2020 musobaqasi favoriti hisoblanadi. Angliya allakachon jamoa o'zagini shakllantirib bo'ldi. Yosh futbolchilar terma jamoaga sekin-asta qo'shilib borishmoqda. Inglizlarni yorqin kelajak kutib turibdi.
Angliya Evro-2020da chempion bo'ladimi? Bilmadim, Angliya chempion bo'la oladigan yagona jamoa emas. Ammo, keyingi o'n yillikda ularda ajoyib imkoniyat bo'ladi", - deya De Bryuynening so'zlarini keltirdi Sky Sports nashri.

Eslatib o'tamiz, Angliya o'tgan yili Rossiyada o'tkazilgan Jahon kubogida yarim finalga qadar etib borgan va uchinchi o'rin uchun bahsda belgiyaliklarga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar