So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  2 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  16 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Daydi o'g'il"larning seriali Yangiliklar

"Daydi o'g'il"larning seriali

"A"dan "B" jamoaga, "B"dan yana "A" klubiga qaytgan futbolchilar ushbu yozgi transfer oynasida ancha ko'p qayd etildi.


Transfer bozorini larzaga solgan xarid Manchester shahridagi "Yunayted" klubiga tegishli bo'ldi.


"Manchester Yunayted" klubi akademiyasida tahsil olgan istedod sohibi Pol Pogba 2012 yili arzimagan chaqa evaziga "Yuventus"ga yo'l olgandi.
Oradan 4 yil o'tib "Manchester Yunayted" klubi Pogbani qo'yib yuborib qanchalik katta qilganini tushunib etdi va turinliklarga 110 million evro to'lash evazigagina daydi o'g'ilni ortga qaytardi. Ushbu transfer amalga oshishini "Manchester Yunayted" jamoasi boshqaruviga kelgan Joze Mourinyu istadi va klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisning talabini bajardi.
Ushbu "daydi o'g'il" "Yunayted"ga ancha qimmatga tushganini eslatib o'tirish shart bo'lmasa kerak. Pol Pogbani "uy"ga qaytishi futbol tarixidagi eng qimmat trasferga sababchi bo'ldi.

Arzimagan chakana pul evaziga kelgan Pol Pogbadan "Yuventus" klubi anchagina foyda qilishga ulgurdi. "Yuventus" Pogbaning xizmatlari evaziga bir necha marotaba Italiya chempionligi va kubogi sohiblariga aylandi va kamiga yakunda 110 million evroni qurtday sanab oldi.


Yana bir "daydi o'g'il"ga aylangan futbolchining yangi cho'qqiga chiqish pallasi aynan "Yuventus"da sodir bo'ldi.

Madridning "Real" klubi tarbiyanuvchisi Alvaro Morata 2014 yili 20 million evro evaziga "Yuventus" safiga o'tadi. Morata "Yuventus"dagi ilk mavsumidayoq yorqin o'yinlari bilan ko'pchilik mehrini qozonadi va turinliklarning ECHLdagi muvaffaqiyatli yurishida katta xizmat qiladi. Evropa chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan "Yuventus" yarim finalda "Real"ni dog'da qoldiradi. O'shanda "Real"ni aynan Morata o'z gollari bilan yarim finalda qoldirib ketadi.
O'tgan mavsumda ham Morata "Yuventus" safida samarador o'ynaydi va uning gollari "byankonerilar"ga juda qo'l keladi. "Yuventus" Morataning xizmatlari evaziga Italiya Kubogi va navbtadagi skudettoni qo'lga kiritadi.

Ammo "Real" Moratani "Yuventus"ga sotayotgan 3 yil ichida qaytarib sotib olish huquqini shartnomada alohida qayd etadi va yakunda aynan shu band tufayli madridliklar "daydi o'g'li"ni 30 million evro, yani 10 million zarar evaziga yana o'zlariga qaytarib olishadi.


Dortmundning "Borussiya" klubi uchun ushbu transfer oynasi ham muvaffaqiyatli, ham biroz og'riqli o'tdi.
Dortmundning "Borussiya" sharafini himoya qilib kelgan Mats Xummels ushbu yozda o'zi tahsil olgan klub "Bavariya"ga qaytdi. Aksincha "Borussiya"da porlagan va ushbu jamoadan chiqqan istedodli futbolchi Mario Gyotce esa Myunxendan o'z uyiga, yani Dortmundga qaytdi. Ushbu jamoalar o'z tarbiyalanuvchilarini o'ziga xos "rokirovka" qilishdi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. "Daydi o'g'il"larning biri "Borussiya D"ga, ikkinchisi esa "Bavariya"dagi uyidan qo'nim topdi.


Yozgi qaynoq transferlarning yana bir kutilmagani David Luisning "CHelsi"ga qaytgani bo'ldi.
Joze Mourinyu tufayli 2014 yili "CHelsi"dan ketishga majbur bo'lgan Luisni jamoaning yangi bosh murabbiyi Antonio Konteni qaytarishga qaror qildi."CHelsi"ning braziliyalik "daydi o'g'li" endi oxirgi ikki mavsumdan buyon himoyadagi yuzaga kelayotgan kamchiliklarni yopishi kerak bo'ladi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика