So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Daxshatli hujum chizig'iga ega raqib, "Nasaf"ni katta sinov kutmoqda Yangiliklar

Daxshatli hujum chizig'iga ega raqib, "Nasaf"ni katta sinov kutmoqda

Teglar :  OCHLNasafAl Sadd
Bugun, 5 mart kuni OCHL 3-turi doirasida "Nasaf" Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi.

"C" guruhida 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turgan qatarliklar Qarshida mehmon bo'lishadi. Bu "ajdarlar" uchun hal qiluvchi o'yin bo'lishi mumkin. Bugun yo'qotiladigan ochkolar "Nasaf"ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuboradi. SHu bois Ro'ziqul Berdiev shogirdlarini g'alabadan boshqa narsa qoniqtirmaydi.

OCHL-2018
"S" guruhi
, 3-tur
"Markaziy" stadion, Qarshi
05.03.2018. 18:30

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Sadd" (Qatar)
Bosh hakam:
Iida Jumpei (Yaponiya)

Ayni paytda Qarshi shahrida ayni futbol o'ynashga mos ob-havo hukm surmoqda. Erta tongdan quyosh charaqlab turibdi, shamolning tezligi soatiga 25.9 km/soat.

Qarshi shahridagi havo harorati

12:30. 20 daraja iliq, quyosh. SHamolning tezligi soatiga 25.9 km/soat.

18:30. 19 daraja iliq, quyosh. SHamolning tezligi soatiga 25.1 km/soat.


O'yin paytida ham havo deyarli shunga o'xshash bo'ladi va bu muxlislarni stadionga tortishi aniq. O'tgan safar yomg'ir sabab ko'pchilik uyda qolishni afzal bilgan bo'lsa, bu safar hammasi joyida va bugun ishqibozlar stadionni to'ldirishlari kerak. Kecha kechki paytgacha ham stadion kassalaridan chipta sotib olgani kelgan muxlislar to'xtamagan edi.


Qarshida Xavini kutishgan edi...

"Al Sadd" Qarshiga ispaniyalik afsonaviy Xavisiz keldi. Yarim himoyachi jarohati sabab yurtimizga kelmadi. Bu haqda xabar bergan edik.

Qarshida ham Xavini kutishgan edi. Sababi, "Nasaf" matbuot xizmati Xavining matbuot anjumanida ishtirok etishini kutgan va uning ismi tushirilgan maxsus yozuvni tayyorlab qo'ygan ekan. Balki, Xavining kelmagani "Nasaf" foydasigadir.



"Nasaf"ning rasmiy mashg'uloti

"Nasaf" kecha, 4 mart kuni "Al Sadd"ga qarshi bellashuv oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. "Markaziy" stadionda kechgan mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ldi. SHu vaqt ichida odatdagidek, darvozabonlar Sanjar Quvvatov va Umidjon Ergashevlar Denis Ivankov boshchiligida alohida shug'ullanishdi. Qolgan o'yinchilar Ro'ziqul Berdiev boshchiligida turli mashqlarni bajarishdi. Qizib olish va kayfiyatni ko'tarishga mo'ljallangan mashqlarning barchasi maydon markazidagi aylanadan chiqmagan holda bajarildi. Keyin esa futbolchilar guruhlarga bo'lingan holda "kvadrat" o'ynashdi.


Mashg'ulotlarda murabbiylar va futbolchilarning kayfiyati  alo edi. Umid qilamiz, bugun ham ularni ana shu kayfiyat tark etmaydi. Eng muhimi, jamoa hujumlarini yaratishda asosiy "figura" hisoblangan Dragan CHeran kecha umumiy guruh bilan to'liq shug'ullandi. Kichik jarohat sabab malum muddatni o'tkazib yuborgan hujumchi bugun o'ynashi mumkin nazarimizda.


"Markaziy" stadion o'yinga tayyor.



Daxshatli hujum chizig'iga ega raqib

"Nasaf"ni haqiqiy sinov kutib turibdi. "Al Sadd" jamoasi qo'rqinchli hujum chizig'iga ega. Bunaqangi hujumkor o'yinchilari bor jamoaga qarshi bahsda nolga o'ynash deyarli imkonsizdek ko'rinmoqda.

Jamoaning chap qanot himoyasida ulkan qoya bor. Abdulkarim Hassan nomini yurtdoshlarimiz juda yaxshi bilishsa kerak. Turli terma jamoalarimiz va "Lokomotiv"ga qarshi OCHL o'yinlarida bu futbolchining imkoniyatlarini ko'rganmiz. SHaxsan men uchun Abdulkarim Hassan Osiyodagi eng kuchli chap qanot himoyachisi. Bo'y, gavda, tezlik, aql, zarba - bularning barchasi bor unda. Hassan ayniqsa hujumkor planda eng xavfli himoyachiga aylanadi. Uzoq masofadan tez-tez zarba berib turadi. Kamiga aynan uning qanotida vinger vazifasini Akram Afif bajaradi. Ko'rib turganingizdek, bugun Slavko Lukichga juda ko'p ish topiladi. Hassan-Afif juftligi aynan uning qanotidan bosim o'tkazishadi. O'ng qanot vingeri Hassan Al Haydos juda chaqqon va driblingi kuchli futbolchi. Demak, Saydullo Rahmatovni ham yaxshigina ish kutib turibdi. O'rtada Ali Asad Xavining yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Asadning o'yinlarini ham kuzatib chiqdim va aytishim mumkinki, u jamoaning asosiy o'yinchilari qatoriga kiradi va hujumlarni boshlashda faol ishtirok etadi.

Jamoaning jazoirlik ikki legioneri Jugurta Hamron va Bag'dod Baunedjax esa "Nasaf" himoyachilari uchun haqiqiy bosh og'rig'i bo'ladi. Ularning har ikkisi raqib jarima maydonchasi ichida qo'rqinchli kuchga aylanadi. Epizodlarni hal qilishda juda kuchli. Mana shu ikki jazoirlikni yopish oson bo'lmaydi. Ayniqsa, Bag'dod Baunedjaxni ushlash oson emas. Oyoq bilan ham, bosh bilan ham juda yaxshi o'ynaydigan Bag'dodni Igor Golbandan boshqasi yopa olmasa kerak. Bugun Golbanning eng asosiy vazifasi aynan 11-raqamli hujumchini zararsizlantirish bo'ladi menimcha. Agar bizning jamoalarda ham mana shunday hujumchilar bo'lganida, biz ham OCHL g'olibligi uchun hotirjam kurasha olgan bo'lardik.


"Al Sadd"ning himoyasi hujumichalik daxshatli emas. Himoyani yorib o'tish mumkin, darvozabon ham tasannolarga loyiq demagan bo'lardim. Jamoaning qator o'yinlarini kuzatib shunga amin bo'ldimki, qatarliklar darvozaboni uzoqdan yo'llanadigan zarbalar oldida ko'p bor ojiz qolar ekan. Ayniqsa, uzoq pastki burchakka erlatib beriladigan zarbalar uning eng katta ojiz nuqtasi. Qatar chempionati markaziy o'yinida "Duhayl"ga qarshi bellashuvda u ana shunday ikkita bir xil golni o'tkazib yubordi. Demak, bugun "Nasaf" futbolchilari uzoqdan ko'proq zarba berishlari kerak. Dragan CHeran va Azizjon G'anievlarning qanday zarbalari bor ekanligini inobatga olgan holda, bu vazifa ularning chekiga tushishini aytgan bo'lardim.

Ko'rib turganingizdek, bugun "Nasaf"ni juda katta sinov kutib turibdi. Jiddiy raqibga qarshi bahsda vazifa uddalanadimi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi. Muxlislardan stadionni to'ldirib o'tgan o'yindagidek olqishlab turishlarini so'ragan bo'lardim. Zero, muxlis to'la stadionning tinimsiz olqishlashi futbolchilarga juda katta ijobiy tasir ko'rsatadi. Ishqibozlar olqishi o'yinchilarga yaxshigina kuch bo'lishini ko'p bor futbolchilarning o'zlaridan ham eshitganmiz. G'alaba uchun faqat futbolchilar emas, muxlislarning olqishi ham zarur. Ayni bugun stadionni liq to'ldiradigan kun. Barcha futbol shaydolarini "Markaziy" stadionga chorlaymiz va uyga hush kayfiyatda qaytishingizni tilab qolamiz.

Stadionda ko'rishguncha!


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика