Davron Umirov: "Ushbu bahsda omad bizga kulib boqdi"
25 apr 2017 15:01
Yangiliklar
Davron Umirov: "Ushbu bahsda omad bizga kulib boqdi"
Kecha OCHL guruh bosqichida Toshkentning "Bunyodkor" klubi o'z uyida Saudiya Arabistoning "Al Axli" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Davron Umirov o'z fikrlarini bildirdi.
"Al Axli"ga qarshi juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Raqib jamoa ham o'ziga yarasha kuchli ekan. Jamoadoshlarim bilan so'nggi daqiqagacha kurash olib bordik. Yakunda ijobiy natijani qo'lga kiritdik. "Al Axli"ga qarshi OCHL musobaqasida ilk debyut o'yinimni o'tkazdim. Ichki chempionatimizga qaraganda ushbu musobaqa juda ham tez ekan. Raqiblarimizdan 9, 45 raqamdagi futbolchilari yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ushbu bahsda omad bizga kulib boqdi", - deydi "Bunyodkor" klubi futbolchisi Davron Umirov
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
Fikrlar