So’nggi yangiliklar

18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  0 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  2 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  2 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  18 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8

Davron Mirzaev "Andijon"ga keladi Yangiliklar

Davron Mirzaev "Andijon"ga keladi

Bugun “Andijon” Toshkentda ikkinchi yig'inini boshladi. Bu safar jamoa “Admiral” mehmonxonasiga joylashdi.
Aytish kerakki, bugundan tarkibga ham bir qator yangi o'yinchilar qo'shilishmoqda. Mashg'ulotlarning dastlabki kunida jamoamiz safida 5 nafar yangi futbolchi shug'ullandi.

Litvadan kelgan Gedeminas Paulauskas va Neriyus Astrauskas jamoamiz bilan mashg'ulotlarga kirishishdi. SHuningdek, darvozabon Artur Parvanov, yarim himoyachilar Mirzakamol Kamolov va Sobir Usmonxo'jaev “Andijon” bilan mashg'ulotlarni boshlashdi. Bu futbolchilar orasida Kamolov uchun “Andijon” begona jamoa emas. CHunki u 2008-2010 yillarda ham jamoamiz sharafini himoya qilgan. Kamolovning faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlari ham aynan “Andijon” bilan bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi. Uch yillik tanaffusdan so'ng yarim himoyachi “Andijon”ga qaytmoqda. “Lokomotiv”dagi faoliyatlari orqali muxlislarga yaxshi tinish bo'lgan Parvanov bilan Usmonxo'jaev o'z omadlarini endi “Andijon”da sinab ko'rishmoqchi. Hozircha bu futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda.

SHuningdek, yana ikki kundan so'ng tarkibga hujumchi Davron Mirzaev ham qo'shiladi. Rossiyaning “Rubin”, “Ximki” va “Nefteximik” klublarida to'p surgan bu hujumchini murabbiylar PFL Kubogi turnirida sinab ko'rishadi. Bundan tashqari afrikalik futbolchilar ham ko'rikdan o'tkaziladi. Avvalgi yig'inlarda ishtirok etgan futbolchilardan Omad Toyloqov ko'rikdan o'ta olmadi va unga javob berildi.

 PFL Kubogi boshlanguniga qadar jamoamiz ertaga “Bunyodkor” o'rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика