So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Davron Karimqulov: "Ijobiy natijalarning omili mehnat" Yangiliklar

Davron Karimqulov: "Ijobiy natijalarning omili mehnat"

11-turdan o'rin egallagan “Metallurg” – “Andijon” uchrashuvidan keyin mezbonlarning tajribali himoyachisi Davronbek Karimqulovdan o'yin haqidagi fikrlarini so'radik:
Bu mavsum ko'z tegmasin jamoamiz juda hamjihatlik bilan ishlayapti va kerakli ochkolarni jamg'arayapmiz. Bunda albatta murabbiylar shtabimizning tinimsiz izlanishlari, qolaversa jamoadoshlarimning berilayotgan ko'rsatmalarni to'liq va aniq bajarib borayotganligida deb bilaman. Ijobiy natijalarimizning omili esa tinimsiz izlanish va mehnat samarasidir. Bu yilgi mavsumda o'yinlar yanada shiddatli, murosasiz o'tayotganligini ko'rib turibsiz. Jamoalar xoh o'z uyida bo'lsin, xoh safarda bo'lsin yuz foizlik natija uchun kurash olib borishmoqda. Buning natijasida esa muxlislarga tomoshabop, mazmunli o'yinlar tortiq etilyapti. Birinchi davraning uchdan ikki qismi ortda qoldi. Peshqadamlar safida borayotganligimizdan mamnunmiz. Ammo xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Oldinda “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Navbahor”, “Neftchi” singari kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar bizni kutib turibdi. Davralar oralig'idagi tatilga hozirgidek yuqori kayfiyatda chiqib ketishni istaymiz.

Bevosita bugungi o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, uchrashuv biz uchun juda qiyin kechdi. “Andijon”ga ochko suv va havodek zarur edi. Ular Bekobodga uch ochko olish uchun kelishganliklarini amalda isbotlashdi. Biroq omad shu kuni biz tomonimizda bo'ldi. Biz yaratilgan imkoniyatlardan raqibga nisbatan unumli foydalandik. Jamoamizning tajribali o'yinchilari Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Zohid Abdullaevlar yoshlarga har tomonlama o'rnak bo'lishdi. Yoshlarimiz ham qarab turishmayapti, faolliklari bilan muxlislarimizni xursand etishmoqda.   

Andijon xalqi futbolni juda sevadi. Jamoaning ashaddiy muxlislari o'yin qaerda bo'lmasin albatta etib boradi va “Andijon”ning o'n ikkinchi o'yinchisi sifatida futbolchilariga dalda berib turishadi. Men “Andijon”ga keyingi uchrashuvlarida omad yor bo'lishini tilayman, deydi Davron Karimqulov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика