So’nggi yangiliklar

12:32Роналду "Ал Насср" билан музокараларни бошлади  0 12:00U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон Баҳрайнга қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  3 11:51"Манчестер Сити" жароҳат олган Родрига ўринбосар топди  0 11:04Ўзбекистон кубогининг финал чипталари қачондан сотувга чиқиши маълум  3 10:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Бобохонов Аюбхон  0 10:43Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:02Футзал. Бугун илк ярим финал жуфтлиги аниқланади  0 09:20Аббосбек Файзуллаев "Ахмат"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:42Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувнинг энг яхшиларидан бири бўлди  4 08:08Қизил карточка учрашув тақдирини ўзгартириб юборган "Бунёдкор" - "Насаф" учрашувидан ГАЛEРEЯ  4 07:34U-20 Осиё кубоги саралаши. Бугун ёшларимиз ҳал қилувчи баҳсда майдонга тушади  14 02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  129 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  7

Davron Karimov: "Poydevorsiz maqsadga erishib bo'lmaydi" Yangiliklar

Davron Karimov: "Poydevorsiz maqsadga erishib bo'lmaydi"

Kuni kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Buxoro" (3:1) o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng "lochinlar" rahbari Davron Karimov bilan yana suhbatlashdik.

Suhbat davomida muxlislar o'z savollariga javob olishadi.

- Avvalambor bugungi g'alaba bilan tabriklayman!

- Rahmat. Birinchi navbatda ushbu qo'lga kiritilgan g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Bizni doim qo'llab turishsa bas!

- "Navbahor" muxlislari har qanday vaziyatda ham jamoa bilan birga!

- Bilasizmi, hozir "Navbahor" muxlislari guruhlarga bo'linib ketgan. Man shuni istardimki, hamma ishqibozlar yana jipslashib, oldingidek muxlislar borasida O'zbekistonda etakchi bo'lishsin.

- Ko'pchilik Siz haqingizda malumotga ega emas. Asli qaerliksiz?

- Men ham Namangan farzandiman. Haqqulobodda tavallud topganman. Taqdir taqozosi bilan Toshkentga kelib qolganman. Mana endi "Navbahor" jamoasida mehnat qilib kelyapman.

- Vladislav Aleksin aslida O'zbekistondanmi?

- Aleksin asli o'zbekistonlik, aniqrog'i Navoiydan. Bundan bir necha yil avval Samarqandning Dinamo klubi o'smirlari bilan to'p tepib yurgan vaqtida Ravshan Bozorov nazariga tushgan. Taqdir taqozosi bilan Aleksin Rossiyaning ayrim jamoalarida to'p surgan. Vladislav Haqqulobodga aynan Ravshan Bozorov taklifiga binoan tashrif buyurgan.

- Keling endi, saytimiz muxlislarining savollariga yuz tutsak. "Navbahor" JAKO firmasi bilan hamkorlik o'rnatgan va shu firma liboslarida o'ynashmoqda. "Norin" esa Adidas. Kelgusida "Navbahor" qaysinisi bilan hamkorlik qiladi?

- Albatta, jamoamiz JAKO liboslarida o'ynaydi. O'rtada kelishuv bor.

- Darvoza chizig'iga kuchli posbon taklif qilinadimi?

- Bizda uchta darvozabon bor. Bular Akmal Ortiqov, Artur Parvanov va Aleksandr Korneychuk. Biz ushbu posbonlarga ishonamiz. Murabbiylarimiz yangi dastur asosida darvozabonlar bilan ishlashmoqda. Mana bugun o'zingiz ko'rdingiz, "Buxoro" bilan uchrashuvda darvozabonimiz ajoyib harakat qildi. Qaysi darvozabonimiz yaxshi formada bo'lsa, o'sha posbon jamoa darvozasini qo'riqlaydi.

- Jamoaga aniq maqsad va vazifalar qo'yilganmi? Keyingi mavsum uchun reja tuzilganmi?

- Bilasizmi, men hech qachon taslim bo'lishni istamayman va oldimga yuqori maqsadlarni qo'yaman. Futbolchilarimizga har bir o'yinga final uchrashuvidek jangga kirgandek o'ynashni, maydonni har bir qarichi uchun kurashishni uqtirib kelyapmiz. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Jamoalarni hurmat qilgan holda kim bo'lishidan qatiy nazar har bir o'yinda maksimal 3 ochko uchun kurashamiz. Keyingi yilga reja dasturini tuzib chiqyapmiz. Nasib qilsa 2017 yilgi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Birinchi navbatda klub qoshida akademiya ochishni o'ylab turibmiz. O'zimizda etishib chiqayotgan iqtidorlar boshqa viloyat jamoalarini himoya qilishmoqda. Poydevor qurmasdan turib maqsadga erishib bo'lmaydi. Bosqichma-bosqich hammasiga erishamiz va "Navbahor"ni oldingi dovrug'ini tiklashga harakat qilamiz.

- Yoshlar tarkibidan asosiyga kimlar o'tkazildi?

- Hozirgi kunga kelib yoshlar jamoamizdan to'rt nafar futbolchini ko'rikdan o'tkazmoqdamiz. Bugun ikki nafar yosh o'yinchimiz, ayniqsa Aziz Turg'unboev ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ushbu yoshlar jamoamiz kelajagidir. O'z ustilarida ishlashda davom etishsa hali katta yutuqlarni qo'lga kiritishadi, deb o'ylayman.

- Asosiy tarkibning 90% o'yinchilari jamoani tark etishdi. Hozirgi o'yinchilar ikkinchi davraga dosh bera olishadimi?

- Hali vaqtimiz bor. Selekciya ishlarini bir zumga to'xtatganimiz yo'q. "Olmaliq"dan Saidkamol Akbarov va Ruslan Vagapovlarni "Navbahor"ga taklif qildik. Nasib qilsa, ular ikkinchi davrani jamoamizda o'tkazishadi. Undan tashqari 3 ta legioner futbolchilar bilan ham tarkibga kelib qo'shilishadi.

- Yana qaysi o'yinchilar bilan muzokara olib borilmoqda? Bu legionerlar kimning tavsiyasi bilan "Navbahor"ga kelishmoqda?

- Legionerlarni bizning biznesdagi hamkorlarimizdan sanalgan "Anji" klubi rahbari tavsiya qildi. Ular ishtirokidagi videolarni taqdim qildi. Ushbu xorijliklar murabbiylarimizga maqul kelsa jamoamizda olib qolamiz. SHuningdek, yana bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz.

- Ishqibozlarni yana o'yingohga qanday qaytarmoqchisizlar?

- "Navbahor" - xalq jamoasi. Men sevimli jamoamga oldingi shuhratini tiklash uchun kelganman. Menga bu yo'lda Murodjon Sobirov va Orifxon Jalolovlar ko'mak berishadi. SHuningdek, ajoyib murabbiylarimiz bor. Barchamiz "Navbahor"ni chiroyli o'yinlari bilan, g'alabalari bilan stadionga qaytaramiz. Ishqibozlarimiz futbolchilar va murabbiylarni qo'llab-quvvatlashsin, o'yingohni to'ldirib o'tirishsin, jamoaga ishonishsin. Bizning muxlislar hech qaerda yo'q. Ishqibozlarimizga ishonaman va jamoa ajoyib o'yinlari bilan ularni hushnud etadi.


Obid RUSTAMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика