So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  149 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Davron Hoshimov: "Navbahor"ga Serbiyadan futbolchilar kelib qo'shilishi mumkin, tarkibimiz yana kuchayadi" Yangiliklar

Davron Hoshimov: "Navbahor"ga Serbiyadan futbolchilar kelib qo'shilishi mumkin, tarkibimiz yana kuchayadi"

"Navbahor" jamoasi 4 yanvar sanasidan etiboran qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Jamoa azolari dastlabki kungi mashg'ulotlarni "Yosh kuch" stadionida o'tkazdi. Mashg'ulotlar yakunida "lochinlar"ning tajribali futbolchisi Davron Hoshimov klub matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Avvalambor yangi kirib kelgan 2021 yil bilan tabriklayman. Barcha uchun omadli kelishini tilab qolaman. Jamoaning yangi murabbiylari men uchun begona emas. Bu ikki murabbiy bilan "Paxtakor" jamoasida birga faoliyat olib borganman. Ular ahil jamoa shakllantirishni uddasidan chiqishadi deb o'ylayman. Boisi No'mon akani o'zlari ham futbolchi bo'lganlar, shogirdlarini yaxshi tushunadilar. Ko'rsatmalarini va topshiriqlarini bajarib ishonchni oqlashga harakat qilamiz. Tarkibimiz yana kuchayadi, Serbiyadan futbolchilar kelib qo'shilishi mumkin. Superligada kuchli uchlikka kirish vazifamiz hisoblanadi. Rahbariyat tomonidan yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiramiz. O'tgan mavsum barchamiz uchun og'ir keldi, o'zimiz ham mag'lubiyatga uchrashni istamagandik. Bu yil barcha musobaqalarga qattiq kirishgan holda ishonchlarni oqlaymiz",- deydi Davron Hoshimov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика