Davron Hoshimov: "Naft"ga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik"
24 fev 2015 20:45
Yangiliklar

Davron Hoshimov: "Naft"ga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik"
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Naft Tehron" (2:1) uchrashuvidan so'ng mikst-zonada mezbonlar himoyachisi Davron Hoshimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Raqibni jiddiy tarzda o'rganib chiqqan edik. "Naft" futbolchilari standartlardan juda xavfli ekanligini bugun ham amalda isbotladi", - deydi Davron Hoshimov.
- Bugungi ob-havo o'yinga qanchalik tasir ko'rsatdi?
- Ob-havo u qadar qiyinchilik tug'dirmadi. Ammo raqib bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi va o'yin og'ir kechdi.
- Ikkinchi bo'lim boshida bir kishi kam bo'lib qoldinglar. SHunda havotir bo'lmadimi?
- Albatta barchada havotir bo'ladi. Ammo sardorimiz Kaxi Maxaradze barchamizni o'zimizga kelib olishimizni taminladi. Barchamiz bir-birimizni qo'llab-quvvatladik.
- Raqib haqida qanday fikrdasiz?
- "Naft" kuchli jamoa ekanini bilardik. Ularning o'yinlarini deyarli har kuni ko'rib chiqqandik. Raqibimizning pley-offdagi "Al Jayish"ga qarshi uchrashuvini tomosha qilib kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqandik.
- Bugun o'z o'yingizni nechchiga baholaysiz?
- O'zimning o'yinimni 4 bahoga loyiq deb bilaman.
Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi

Fikrlar