So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  43 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Davron Fayziev: “Tanaffusda shogirdlarimga chempionni yutsak, biz chempionmiz deb aytdim” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Tanaffusda shogirdlarimga chempionni yutsak, biz chempionmiz deb aytdim”

“Dinamo” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalambor, barchani ajoyib g'alaba bilan tabriklayman! Bugun o'yindagi “aybdor” “Dinamo” futbolchilaridir. Ular maydonda borlarini berishdi. O'yindan oldin matbuotda ushbu bahsga doir qiziqarli malumotlar chiqqan edi. “Lokomotiv” 11 seriyalik mag'lubiyatsiz o'yin o'tkazayotgani, “Dinamo” esa Samarqandda mag'lub bo'lmayotgani haqida. Ochig'i o'zim faqat duranglarni sanab, uyimizda bu yil umuman mag'lub bo'lmaganimizga etibor bermagan ekanman. Xudoga shukur, bugun ham Samarqand ahli, rahbarlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ishtiyoq, ishonch bizda kuchli edi. Bugun 12-o'yinchi bo'lmish samarqandlik muxlislar bizga katta kuch berishdi. Yutug'imizda barchaning hissasi katta bo'ldi. Oxirgi o'yinlardagi qator 2:2 duranglardan keyin o'yin yakunigacha shu hisobdan qo'rqib turgandim, shukurki g'alaba qozondik. Bugungi g'alaba Samarqand xalqiniki! Keyingi kubok va “Bunyodkor”ga qarshi bahsda ham muxlislarimiz shunday qo'llab-quvvatlashsa, nasib qilsa ishonchlarini oqlashga intilamiz.

- Bugungi o'yin qahramoni Qadamboy Nurmetov haqida ikki og'iz fikr bildirsangiz...

- Hujumchining vazifasi gol urish, Qadamboy bugun shu ishni qildi. Bugun qahramon men uchun, bitta emas, maydondagi 11 ta futbolchi va butun jamoani qahramon deb bilaman. Aytaylik, darvozabonimiz Botirali ham bizni muqarrar gollardan saqladi, Jasur Azimov ko'p harakat qildi, maydon markazi va himoyada ham yomon o'ynamadik – umuman bugun maydondagi barcha futbolchilari qahramon bo'lishdi.

- Jasur Azimov markazda juda yaxshi o'ynaydi, ammo uni chap qanotda o'ynatayapsiz. Bu majburiy qarormi?

- Jasurni statistikasiga etibor bersangiz, u avval asosan chap qanotda o'ynagan. Biz uchun chap qanot og'riqli nuqta. SHu bois uni Azimovga ishonayapman. Qo'qonda ham, bugun ham Azimov bu qanotda yomon harakat qilmayapti. Natija berayotgan ekan, uni shu erda o'ynataveraman.

- Jiddiy jarohat olgan Damir Temirov haqida malumot bormi?
- Hozirgina malumot berishdi, Damir shifoxonadan qaytib keldi. Qo'li ozgina o'z joyidan siljigan. Bu jiddiy jarohat emas, nasib qilsa u keyingi o'yinlarda bizga yordam bera oladi.

- Davron aka, “So'g'diyona”da ham, “Dinamo”da ham nomdor bo'lmagan, xususan Pro-Liga uchun tayyorlangan jamoa bilan to'p surib, chempionni yutadigan darajaga olib chiqdingiz. Bugun jamoa tanaffusdan keyin o'ziga ishonib maydonga tushdi. Tanaffusda yigitlarga nima dedingiz?
- To'g'risi yashiradigan narsa yo'q, futbolchilarni ruhlantirdim. O'yindan oldin ham, bugun tanaffusda ham “Dinamo” futbolchilariga “Bugun “Lokomotiv”ni mag'lub etsalaring, ulardan titulni olib qo'ygan hisoblanasilar, yani chempionni yutsak, biz chempionmiz” deya takidladim. “So'g'diyona” ham mening bir bo'lagim, doim yuragimda qoladi, ammo bugun bor etiborim “Dinamo” bilan birga.

- Seshanba kuni Kubok o'yinida ham asosiy tarkib tushadimi?
- Men uchun asosiy tarkib 27 nafar futbolchidan iborat jamoadir. Kubokda ham, chempionat o'yinida ham ushbu tarkibni teng taqsimlab, ulardan foydalanaman.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика