So’nggi yangiliklar

12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0

Davron Fayziev: “Saviyamiz Xitoynikidan past bo'lsa, JCHga chiqib nima qilamiz?” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Saviyamiz Xitoynikidan past bo'lsa, JCHga chiqib nima qilamiz?”

Yaqinda taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziev saytimizda mehmon bo'lgan edi.

Suhbatimiz asosan boks va futbol mavzusida kechib, hamkasbimiz o'zining dilidagi gaplari bilan o'rtoqlashdi. Quyida etiboringizga Fayzievning milliy terma jamoamizning oldinda turgan ikkita o'yini haqida bildirgan fikrlarini havola qilamiz.

- Davron, hozirda ko'pchilik milliy terma jamoamiz bosh murabbiyini taktikasining yo'qligida, o'yinning borishiga qarab, o'zgartirib yuborish qobiliyatiga ega emasligida ayblayapti. Bu masalada fikringiz qanday?

- Xitoy terma jamoasini shu paytgacha ham mag'lub etganmiz va bu borada ortiqcha muammoga duch kelmaganmiz. Bu safargi o'zaro to'qnashuvimizda ham g'alaba qozonishimizga ishonyapman. Garchi, chin yurti jamoasiga Marchello Lippi ustozlik qilayotgan bo'lsa ham.

- To'g'riku-ya, lekin italiyalik tajribali mutaxassis qisqa fursatda Xitoy terma jamoasi o'yinini ijobiy tomonga o'zgartira oldi...

- Fikringizga qo'shilaman. SHunchaki, Lippi shu kungacha o'z darajasidan past o'yin namoyish etgan Xitoyni asl darajasiga olib chiqa oldi. Ammo, baribir boshdan baland sakrab bo'lmaydi. Hozirgi Xitoy darajasini O'zbekiston terma jamoasidan ustun deb hisoblamayman. Agar saviyamiz Xitoynikidan past bo'lsa, unda jahon chempionatiga chiqib nima qilamiz? Tarkibimizdagi futbolchilarning aksariyati tajribali va yoshi katta. Ularda hech qanday qo'rquv xiss yo'q. Ularga kayfiyatni bera olish kerak, xolos. Uni kim beradi? Albatta, bosh murabbiy.


- Keling, maydonni shaxmat doskasiga qiyoslaymiz. Uning ikki tomonidan grossmeysterlar, yani bosh murabbiylar joy olishgan. SHaxmat taxtasidagi sipohlar esa futbolchilar. Ikki grossmeyster - Lippi va Babayanning taktik yurishida kimni ustun hisoblaysiz?

- Lippi jahon futbolida olamshumul yutuqlarga erishgan. Marchelloning Italiyani jahon chempioni qilganining o'zi ko'p savollarga javob beradi. SHaxsiy fikrim, bu o'yinda ko'p narsa futbolchilarning o'ziga bog'liq bo'ladi. Agar ular chindan ham jahon chempionatiga chiqishni istashsa, Xitoyni mag'lub etishadi. Aks holda, u erdan quruq qo'l bilan qaytishlari aniq. 

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика