Davron Fayziev: Nukusda bizni bayramona tarzda kutib olishadi deb o'ylamagan edik
03 iyu 2018 10:12
Yangiliklar
Davron Fayziev: Nukusda bizni bayramona tarzda kutib olishadi deb o'ylamagan edik
Mazkur festivalda taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ham ishtirok etdi. Biz festival haqida Davron Fayzievning fikrlari bilan qiziqdik.
«Nukusga tashrif buyurishdan oldin, bizni bunchalik bayramona tarzda kutib olishadi deb o'ylamagan edik. Aeroportdan tushishimiz bilan darhol gullar va bayramona kayfiyat bizga hamrohlik qildi. Stadiongga tashrif buyurganimizdan so'ng bu kayfiyat 100 karra oshib ketdi deyishimiz mumkin. Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlab ajoyib festival tashkil etildi. O'ylaymizki bu narsa qoraqalpoq bollalri, o'smirlari, yoshlari orasida sportni yanada ommaviylashishiga xizmat qiladi. Biz esa o'z navbatida sport faollari har doim mana shunday tashrif buyurib bayram ishtirokchilari bo'lishimizdan boshimiz osmonga etdi», - deydi Davron Fayziev.
Furqat Yusupov suhbatlashdi
Fikrlar