So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Davron Fayziev: “Muhimi – himoyada yotib olganimiz yo'q” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Muhimi – himoyada yotib olganimiz yo'q”

“Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Davron Fayziev o'yin haqida fikr bildirdi.

- “Buxoro” ham, “Dinamo” ham bugun faqat g'alaba uchun intilishdi. Jangovar o'yin guvohi bo'ldik. Faqat o'yinni bezash uchun gollar etishmadi xolos. Biz Buxoroga 3 ochko qo'lga kiritish uchun kelgan edik. Bugun yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Asosiysi – ochko qo'lga kiritildi. Har bir ochko o'z qadriga ega. Biz bugun yomon o'yin ko'rsatmadik. Muhimi – himoyada yotib olganimiz yo'q. Hujumga o'tishga intildik. Sekin-asta kelasi o'yinlarda ijobiy natijaga ham erishamiz. Endi etiborni keyingi o'yinga puxta tayyorlanishga qaratamiz.

Buxoroliklar ham yaxshi tarkibga ega jamoa sanalishadi. Ular ham biz ham g'alabani ilib ketishimiz mumkin edi. Jamoamizning ishtiyoqi yaxshi edi, ammo shuncha vaziyatlar yaratib gol urolmaslik bu mahoratning etishmasligini ko'rsatmoqda. SHu bois, bugungi o'yinda hujumchilarimizga o'z etirozim bor. Umuman olganda esa, butun jamoa himoyaga yotib olmay, qo'rqmay hujumga otlanib, muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatganidan qoniqish hosil qildim. SHunchaki, bugungidek ochko yo'qotishlar, kuzda jo'jani sanaydigan vaqtda bizga pand berishi mumkin.

Bugun Samarqanddan Buxoroga kelgan yuzlab muxlislarimizga rahmat, biz ularning tinmay qo'llab-quvvatlashi tufayli xuddi o'z uyimizda to'p surgandek bo'ldik. Ajoyib ishqibozlik uchun muxlislarimizga rahmat. Keyingi bahslarda ham yuqori ishtiyoqda ishlashda va g'alaba qozonish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.
Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика