So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Davron Fayziev: “Mag'lubiyatga uchraydigan o'yin emas edi” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Mag'lubiyatga uchraydigan o'yin emas edi”

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz yakun topgan Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan so'ng O'FA matbuot va media departamenti boshlig'i Davron Fayziev ham munosabatini bildirib o'tdi.

- Tabloda aks etib turgan 2-3 hisobi bugungi terma jamoamiz namoyish etgan o'yinga mos bo'ldimi? Umuman natijani adolatli desak bo'ladimi?
- Natija bahsga u qadar mos bo'lmadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi butun ustunlik bilan harakat qildi. Vaziyatlar ham ko'p bo'ldi. Hakamning ham ayrim qarorlari tushunarsiz bo'ldi. Butun uchrashuv davomida katta ustunlik qilgan jamoa, ohirgi daqiqalarda rikoshetdan gol o'tkazib yuborsa ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Goldan so'ng koncentraciya yo'qotildi. Hammasi raqibning ikkinchi golidan so'ng o'zgarib ketdi. 85-daqiqagacha O'zbekiston saudiyaliklarga aslo imkoniyat qoldirmadi. Ikkinchi bo'limda ular deyarli xavfli vaziyat yuzaga keltirmadi. Birgina zarbasini aytmaganda, o'shanda ham Eldor Suyunov qutqardi.

- Vadim Abramov har qanday raqibga uslubini o'zgartirmaydi. Balki, bugun so'nggi daqiqalarda biroz ehtiyotkorlikni o'ylash kerakmidi..
- To'g'ri. 86-daqiqagacha hammasi yaxshi yo'lga qo'yilayotgan edi. Agar, rikoshet bo'lmaganida himoyaga yotib to'g'ri qilgan bo'lar edik deyishimiz mumkin. Mag'lubiyatga uchraydigan o'yin emasdi. Eng kamida durangga loyiq bo'lib turgandik.



- Endi Saudiyani safarda mag'lub etishimiz kerak bo'ladi...
- To'rtta o'yin qoldi. Bilasiz biz doim ham oson chiqmaymiz guruhdan, o'zimizni qiynab, qiynalib uchinchi bosqichga chiqamiz.

- Bizni g'alabadan 10 daqiqa ajratib turgandi. Beshinchi himoyachini tushirib taktikani o'zgartirish payti emasmidi? Yani Odil Ahmedovni oldinga chiqarib...To'g'ri, siz murabbiyning ishiga aralasha olmaysiz, shunday bo'lsada o'zingizni munosabatingizni bildirsangiz.
- Menimcha himoyaga yotib olish xato qaror hisoblanardi. Mudofaaga qaytib yutqazgandan ko'ra hujumkor o'yin namoyish etganimiz muxlislarga ham manzur kelardi.

- Raqib maxorat va tajriba evaziga g'alaba qozondimi?
- Klass bo'yicha yutqazdik deb o'ylamayman. Bizning futbolchilar anchagina maxorat bobida ustun ko'rindi. Raqib kuchli iroda hisobiga g'alabani tantana qildi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика