So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  1 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  25 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  27 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

Davron Fayziev: Dinamoga yordam berish uchun keldim Yangiliklar

Davron Fayziev: Dinamoga yordam berish uchun keldim

Dinamo - Xorazm uchrashuvidan keyin Samarqand klubi yangi bosh murabbiyi Davron Fayziev debyuti va o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

«Ikki kun oldin «Dinamo» klubi rahbariyati taklif bilan chiqishganida, o'ylab ko'rish uchun vaqt olgandim. Sababi, jamoada tajribali va malakali mutaxassislar ishlayotgandilar. Hozirdan aytishim kerak, men jamoaga birovni o'rnini olish uchun emas, imkonqadar yordam berish uchun keldim. 

Barchamiz birgalashib maqsad sari harakat qilamiz. Bugun jamoaga kelganim uchun, hali mashg'ulot o'tkazishga ham, jamoani to'liq o'rganishga ham ulgurmadim. Jamoa o'yinini ilk bor kuzatib, baho berish qiyin bo'lsada, barcha singari futbolchilarning bugungi harakatidan ham, natijadan ham qoniqmadim. O'yin nazorati to'liq «Dinamo»da bo'lsada, «Xorazm» bitta vaziyatidan gol urib, o'yin yakunigacha himoyalandi va ochkoni qo'lga kiritdi. Superligani maqsad qilgan ekanmiz, bunday bahslarda 3 ochko olishimiz shart. Qolaversa, bugun jamoada ishtiyoq ham kuchli emasdek ko'rindi. 

Qator golli vaziyatlardan ham foydalana olmadik. Ertadan jamoa bilan to'liq ishga kirishib, vaziyatni o'nglashga intilamiz» - deydi «Dinamo» yangi bosh murabbiyi Davron Fayziev.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика