So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  7 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Davron Fayziev: “Dinamo” futbolchilari terma jamoadan taklif olishdi, bu yigitlarga motivciya beradi” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Dinamo” futbolchilari terma jamoadan taklif olishdi, bu yigitlarga motivciya beradi”

“Dinamo” – “Qizilqum” (2-2) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun ham muxlislarga yoqadigan jangovar o'yin bo'ldi. Lekin murabbiylar uchun juda asabiy bahs guvohiga aylandik. «Qizilqum»da tajribali futbolchilar borligi sabab ular bizni xatolarimiz sabab jazolashdi. Raqiblarimizning oldingi o'yinlarini tahlil qilib, ochig'ini aytaman, «Qizilqum» bunday o'yin ko'rsatishini umuman kutmagandim. Futbolchilarim iroda ko'rsatganlaridan xursand bo'ldim. Ammo, himoya chizig'ida oddiy xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. Bugun himoyachilarimiz – Hamroev, O'rinov, Alamxonov, Loqaevlar o'z darajasida o'yin ko'rsatishmadi. Jamoa yuqorida bo'lishni xohlasa, himoyada «0»ga o'ynashga intilishi kerak. Yutishimiz shart bo'lgan bahsda ochko yo'qotdik. Taqqoslaydigan bo'lsak, shu futbolchilarimiz bilan «Buxoro»da himoyada ancha yaxshi o'ynadik.

Quvontirayotgan jihat biz mashg'ulotlarda puxta o'ylangan kombinaciyalarimiz evaziga gollar urayapmiz, ammo raqiblar oddiy xatolarimizdan foydalanishmoqda. Raqibning gollari haqida gapiradigan bo'lsam, Sanoev gol urgan vaziyatda uchta himoyachimiz boshqa erda yurgandi. Men ham himoyachi bo'lganman va bu holatni uchun qo'pol xato deb bilaman. Biz o'z mehnatimiz qadriga etishimiz shart. Raqib futbolchisi darvozabonimizni shunchaki o'qqa tutayotganida himoyachilarimiz bunga imkoniyat berayotganliklarini juda qo'pol xato deb hisoblayman.

Biz o'tgan turda ilk marta Buxoroda kechki paytda, chiroqlar ostida o'ynagandik. Bu narsa meni xavotirga ham solgandi, chunki biz chiroqlar ostida mashg'ulot o'tkazmagandik. Homiylarimiz “Filips” yoritgichlarini Samarqandga olib kelishgan va ularni tez orada o'rnatishadi. Keyin biz ham o'yinlarimizni kechgi vaqtga belgilay olamiz. Bu nafaqat biz, muxlislar uchun ham juda qulay bo'lardi. Bu ishlar shaxsan viloyatimiz hokimi nazoratiga olingan. Yana ozroq sabr qilsak, Samarqandda ham o'yinlar kechki paytda, qulay vaqtda o'tardi.

CHindanam, darvozabonimiz Botirali Ergashev bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. U ikkita 100 foizli vaziyatda jamoamizni qutqardi. Darvozabonimiz endi milliy terma jamoaga chaqirilgan va o'rtoqlik o'yinlarida bosh jamoa ixtiyorida bo'ladi. U Turkiya, KXDR, Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida bosh jamoa safida bo'ladi. SHohrux Abdurahmonov esa olimpiya jamoasidan chaqiruv olgan. Jasur Azimov va Hakimxon Alamxonovlar milliy jamoaning kengaytirilgan tarkibiga kiritilganini aytishim mumkin. Albatta, “Dinamo” futbolchilarining O'zbekiston milliy terma jamoasidan taklif olishlari butun jamoaga motivaciya beradi. Yaxshi o'ynashda davom etishsa, ular ham chaqiruv olishlariga ishonishadi.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика