So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  0 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Davron Fayziev: "Bugun muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugun muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi"

"Dinamo" bosh murabbiyi Davron Fayziev "Paxtakor" jamoasiga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun o'yin haqida qisqacha fikr bildiradigan bo'lsam, bugungi o'yin muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi. "Paxtakor" bilan tengma-teng kurashishga kelgan edik. SHunday ham bo'ldi, lekin natija mezbonlar uchun etarli bo'ldi.  

"Paxtakor" ustunlik tomonida edi, ammo biz oxirigacha kurashgandik. Oddiy bir koncentraciyaning yo'qolishi birinchi gol bilan yakunlandi. Bu albatta biroz tajriba bilan bog'liq. Agar biz tezkor hujumlarimizdan foydalana olganimizda hech bo'lmasa 1 ochko bilan qaytishimiz mumkin edi. 

Ikkinchi bo'limda o'yinni keskin tushishini shogirdlarim natija uchun o'ynagani bilan bog'lash mumkin. Himoyachi tushirib, Sayfiev va Mashariopovlar hujum qilgan tomonni yopishga harakat qildim. Lekin, o'ng tomondan aniq uzatma bo'lishi Siddiqovning goliga zamin yaratdi. O'sha vaziyatda CHeran va Bikmaevga etibor berib, Siddiqovni biroz unutib qo'yishdi va natijada gol o'tkazib yubordik. 

"Paxtakor"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman va Qatarda bo'ladigan o'yinda ularga omad tilayman" - deydi Fayziev. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика