So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

Davron Fayziev: "Bugun murabbiy sifatida yutqazdim. Rahbariyatdan istefo so'rayman" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugun murabbiy sifatida yutqazdim. Rahbariyatdan istefo so'rayman"

Pro-liga 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalambor, barchani hayit bayrami bilan tabriklayman. Bugun o'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan ikki jamoa to'qnash kelishdi. Mag'lubiyat uchun hech bir futbolchini ayblamoqchi emasman. O'tgan o'yindan keyin rahbariyatga oldindagi ikki muhim o'yinda g'alaba qozonmasak, menga ruxsat berishlarini so'ragandim. Balki dam olish, bir oz chalg'ish vaqti kelgandir. 

Bugungi o'yin o'tgan yili Superligada "Surxon" bilan o'tgan bahsni eslatib yubordi. O'sha uchrashuvda ham xuddi shunaqa voqealar yuz bergandi.


- Mo'min Melievning almashtirilishi yuzasidan izoh bersangiz...

- Meliev yaxshi hujuchi. Biroq, u buni maydonda ham isbotlashi kerak. Maydonga tushayotganda ko'proq to'psiz kurashda o'ynashini aytgandim. SHuningdek, uning o'rniga tushgan Etovqo'ziev ham murabbiyni qoniqtiradigan darajada o'yin ko'rsatgani yo'q.

SHu o'rinda bizni hamisha qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ular g'alabalarga haqli.


- Raqibning qizil kartochkasi jamoangizning zarariga ishladi desak bo'ladimi?

- SHunday deyish ham mumkin. CHunki, biz "Lokomotiv"ning 10 kishi bo'lib qolishiga tayyor emasdek ko'rindik.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика