So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Davron Fayziev: "Bu o'yindagi durang biz uchun mag'lubiyatga teng" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bu o'yindagi durang biz uchun mag'lubiyatga teng"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Navbahor-farm" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun birinchi bo'limda "Navbahor-farm" bizdan yaxshiroq ko'rindi. Ular o'yinga to'g'ri taktika tanlaganini tan olish kerak. "Navbahor-farm" safar o'yinlarida yaxshiroq o'ynayotgandi. Biz jamoaning avvalgi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Raqibni mensimaslik, raqibga past baho berish futbolga qanday oqibatlarga olib kelishini bugungi o'yin ham ko'rsatib berdi. Birinchi bor, qo'l ostimdagi futbolchilarga mana shunday tanqidiy fikr bildirayapman. Bu o'yindagi durang biz uchun mag'lubiyat bilan teng. Superliga uchun kurashayotgan jamoa uchun bunaqa o'yinlardagi durang ijobiy natija emas.

- Har bir chiziqda tajribali futbolchilar etishmayotgandek ko'rindi. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Balki, to'g'ri aytayotgandirsiz. Biroq, hozir buni amalga oshirib bo'lmaydi. Birinchi davra yakunida bo'lishi mumkin. Futbolda turgan emas, yugurgan jamoa yutadi.

- O'yindagi hakamlik haqidagi fikringiz qanday?

- Hakamlar haqida o'ylaydigan tegishli qo'mita bor. Bu mening ishim emas. Siz shuni bilib turib nega menga bunaqa savol berayapsiz? Hakamlar haqida gapirganim uchun menga tegishli tartibda chora ko'rilgan. Aytib o'tganimdek, ularning ishini baholaydigan tegishli qo'mita bor. Qo'shimcha o'rnida aytishim mumkin, bizning o'yinlar soat 16:00ga qo'yilayotgani bir oz tushunarsiz bo'layapti. Agar translyaciyalar bilan bog'liq bo'lsa, bizga bu kerak emas. O'yinning erta vaqtga qo'shilishi futbol o'ynashga qiyinchilik tug'diradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика