So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  3 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  33 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Davron Fayziev: "Barchasiga "Nasaf" aybdor" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Barchasiga "Nasaf" aybdor"

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ketma-ket 7 ta turdan buyon durang o'ynab kelayotgandik. Bugun ham barchasi durang natijaga qarab ketayotgandek edi. Bugun yutishimiz ham mumkin edi, durang qayd etishimiz ham mumkin edi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman, kuchli raqib maydonida yomon o'yin ko'rsatmadik.

- Jamoaning birinchi bo'limda o'yini qovushmaganiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Barchasiga "Nasaf" aybdor. O'ynashga bermadi, pressing qildi, nafas rostlashga ham imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo'limda to'p nazorati uchun ko'rsatma bergandim, xatolar bo'ldi. To'pni qabul qilish va uzatmalarda kamchiliklarimiz ko'zga tashlandi.

- Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish avvaldan o'ylangan reja edimi?

- Uchrashuv oldidan yigitlarga qo'rqmasdan o'z o'yinini ko'rsatishni aytgandim. Birinchi bo'limdan farqli ravishda ikkinchi bo'limda ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. 

- "Qo'qon-1912" jamoasi bu yilgi mavsumda muvaffaqiyatli qatnasha olmayotganiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Buni bilganimda albatta aytardim. O'yinlarimizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz, hech bir uchrashuvda raqibdan vaziyatlar yaratish bo'yicha qolishayotganimiz yo'q. Masalan, "Neftchi", "Navbahor", "Olimpik" va AGMKga qarshi o'yinlarda vaziyatlardan foydalana olmagan xolatlar ko'p bo'ldi. Xatto penaltidan ham gol ura olmadik.

Bugungi o'yinda bizda yo'qotishlar bor edi. Masalan markaziy himoyachi Ivan Yosovichning bizga katta foydasi tegishi mumkin edi. Bundan tashqari Anvar Hojimirzaevda ham jarohat bor edi.

- O'yin so'ngida hakamlarga jiddiy etiroz bildirdingiz. Vaziyat yakunida sizga sariq kartochka ham ko'rsatildi...

- O'yin emociyalarida bunaqa xolatlar bo'lib turadi. Biz zaxiradan futbolchini maydonga tushirmoqchi edik, yon hakam buni bosh hakamga malum qildi. Ammo bosh hakam eshitgisi kelmadi va o'yinni davom ettirishni so'radi. Men shu vaziyat uchun etiroz bildirdim. Qizishib ketgan bo'lsam uzr so'rayman. Bunaqa emociyalar bo'lmasa futbolda ishlashning hojati yo'q.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика