So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   1 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  0 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  1 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Davron Fayziev: "Ashurmatov diskvalifikaciya qilinganini o'yindan avval bildik. Bunday ogohlantirishlarni ertaroq aytish kerak" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Ashurmatov diskvalifikaciya qilinganini o'yindan avval bildik. Bunday ogohlantirishlarni ertaroq aytish kerak"

"Qo'qon-1912" murabbiyi Davron Fayziev "Olimpik"ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

"Bugungi o'yin qo'qonlik muxlislarimiz uchun sovg'a bo'ldi. Uchrashuv qiziqarli ruhda o'tishi oldindan malum edi, chunki Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" shakllanib ulgurgan jamoa hisoblanadi. Biz bu jamoaning "Surxon"ga qarshi o'yinini tahlil qilgandik. Bu jamoani yosh deb aytib bo'lmaydi, ularda katta yoshli futbolchilardan tajriba jihatdan biroz farq sezilishi mumkin, biroq boshqa jabhalarda ulardan qolishgani yo'q. Bugungi o'yinda ham klub tengma-teng kurash olib bordi. SHu bois, "Olimpik"ga omad tilayman.

Biz reja asosida o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. "Neftchi"ga qarshi o'yinda sodir etgan xatolarimiz ustida ishladik. Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning ikki o'yinga diskvalifikaciya qilinganini uchrashuvdan avval eshitdik, sababi menga nomalum. Ushbu g'alabani Baxtiyor Azamovichga ham bag'ishlaymiz. 

Hujumchilar to'g'risida

Tarkibimizdan kelib chiqqan holda, qishki o'quv yig'inlarda ham bitta hujumchi bilan o'ynashni rejalashtirgandik. So'nggi ikki bahsda ham bir hujumchini maydonga tushirdik, kerakli vaziyatda ikkinchi hujumchini o'yinga qo'shyapmiz. Balki kelgusi o'yinlarda ikki hujumchi bilan harakat qilarmiz, bu jarayn bosh murabbiy ko'rsatmasiga binoan amalga oshiriladi. Bizning vazifamiz uning ko'rsatmalarini bajara olish. 

Diskvalifikaciya haqida

Baxtiyor Azamovich o'yindan avval juda asabiylashdi. Maydonga etib kelgach, bu xabarni eshitdik, murabbiy esa bundan g'azablandi. SHunday jazo qo'llar ekan, vaqtliroq ogohlantirilganda, maqsadga muvofiq bo'lardi. Nima sabab ekani bizga qorong'i. Bu masalaga ertaga aniqlik kiritiladi.

Hamidulla Abduhamidov haqida

Hamidulla Abduhamidov birinchi davrada bizga yordam bera olmaydi, u ikkinchi davrada safimizga qo'shiladi. Biz unga katta umid bog'laganmiz. Jarohatlar futbolning bir bo'lagi hisoblanadi. Hamidulla hamisha biz bilan birga. Xudo xohlasa, uning safga qo'shilishi bilan jamoamiz yanada kuchayadi. 

Zaxiradan maydonga tushgan Anvar Xojimirzaevning yana zaxiraga olingani haqida

Anvar Xojimirzaevni taktik o'zgarish qilish natijasida yana zaxiraga oldik. Unda hech qanday jarohat yo'q. Biz bir oilamiz, hamma bir-birini to'g'ri tushunadi.

Muxlislarga tilaklar

Muxlislarimiz har doim bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Ular sog'-salomat bo'lishsin. Ular bizning bir bo'lagimiz. O'tgan o'yindagi mag'lubiyatda ular oldida xijolatmiz. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. G'alabamizda ularning hissasi beqiyos. 





Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика