So’nggi yangiliklar

19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  10 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  5 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1

Davron Fayzievning istefosi bekor qilindi. Aslida nima ro'y bergandi? Yangiliklar

Davron Fayzievning istefosi bekor qilindi. Aslida nima ro'y bergandi?

Futbolimizga oid yoki klublarimizda yuz beradigan yangilik doimo muxlislarni qiziqtiradi. O'tgan haftada “So'g'diyona” jamoasidagi holat hech kimni beetibor qoldirmagan bo'lsa kerak.
Qoniqarsiz natija qayd etilgach bosh murabbiy Davron Fayziev rasman istefoga chiqarilgandi. U bilan birga rahbariyat va murabbiylar shtabi ham tark etishgandi. Tabiiyki, bunday xabar o'quvchilar qulog'iga tez etib boradi. Fayzievning istefosiga esa aksariyat muxlislar qarshi bo'lishdi va uning “So'g'diyona”dagi faoliyatini davom ettirishini istab qo'llab-quvvatladilar. Natijada voqealar rivoji shunday tus oldiki, rahbariyat uni yana o'z joyida qoldirishga qaror qabul qilib, arizasini bekor qildi. Vaziyat shunchalik tez yuz berdiki, avvaliga uning klubdan ketganining sabablarini bilish uchun o'zi bilan suhbatlashgandik va uni maqola sifatida tayyorlayotgandik. Biroq oradan ko'p vaqt o'tmasdan murabbiyni o'z vazifasida qoldirishgani malum bo'ldi. SHundan so'ng u bilan yangi suhbat uyushtirdik. 

- O'tgan haftada eng ko'p muhokama qilingan mavzulardan biri siz bilan “So'g'diyona” atrofida yuz bergan voqealar bo'ldi. Avvaliga ishdan bo'shatib, keyin yana ishga qaytarishdi. Murabbiy sifatida bu jarayonga bo'lgan munosabatingizni bilmoqchiman.  
- Sport sohasida ishlaydigan murabbiylar borki, ular albatta ishdan bo'shatiladi va ishga qabul qilinadi. Bu faoliyatining bir qismidir. Rosti, menga bergan savolingiz qiyinroq. SHuning evaziga nima deyishni ham bilmay turibman. Klubda ishlagan yillarimni tahlil qilib chiqqanimni aytmoqchiman. Dastlabki kelgan chog'imda oldimizda oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Keyingi yil esa klubni saqlab qolish bosh maqsadimiz edi va 10-o'rinni egallab buni bajardik. 2014 yilgi mavsumda esa afsuski, vazifani bajara olmadik. “So'g'diyona”dagi uch yillik faoliyatimda uch xil natija bo'ldi. Ayniqsa, joriy mavsumdagi omadsizlikdan so'ng ishdan bo'shash haqida ariza yozib berishinim aytishdi. Men esa ikkilanmasdan ariza yozdim. Har qanday murabbiyning hayotida bunday holatlar bo'ladi.

Ammo jamoani tark etganimni hech kimga aytmagandim. Ammo bu yangilik matbuot orqali elon qilinganidan keyin eshitganlar menga qo'ng'iroq qilib vaziyat bilan tanishishdi. Hayot davom etaveradi. SHuning uchun men tushkunlikka yoki g'amginlikka berilganim yo'q. Hammasini to'g'ri qabul qildim. Negaki, ish davomida qaerdadir xatoga yo'l qo'yganimni sezdim. Lekin qo'limizdan kelganicha jamoani oliy ligada saqlab qolishga harakat qilgandik. Xursand bo'lganim shuki, muxlislar va jurnalistlar “So'g'diyona”ning o'yinlarida mazmun borligini aytdilar. Bu esa murabbiy sifatida men uchun yutuq bo'ldi. Albatta, hamma joyda birinchi o'rinda natija turadi. Agar bu narsa ro'y bermasa, bosh murabbiy javobgar shaxs hisoblanadi. SHu bois ham bo'lib o'tgan ishlarga to'g'ri munosabatda yondoshdim. Nafaqat men yoki yordamchilarim, balki rahbardan tortib mamurgacha barcha ishdan ketish haqida ariza yozgandi.

“So'g'diyona”ning yangi vice-prezidenti bilan gaplashib oldim. U menga birga ishlash niyati borligini aytdi. Bizning vazifamiz Jizzax futbolini o'stirish, o'zim orzu qilgandek o'yinlar ko'rsatib, kelajakda Osiyo maydonlarida ishtirok etgan holda o'zidan yaxshi taassurotlar qoldirishini istayman. Bazida Osiyo klublari reytingini ko'rib qolaman. U erda “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” kabi jamoalarimizdan tashqari “Neftchi”, “SHo'rtan” singari klublarimizni ham uchrataman. Mening ham niyatim yangi rahbar bilan to'g'ri yo'nalishni belgilab olib, yuksaklarga parvoz qilsak deyman. Buning uchun juda ko'p mehnat va kuch talab qilinishini yaxshi bilaman. Klub tepasiga kelgan rahbarlar futbolning ashaddiy muxlislaridir. Umid qilamanki, to'g'ri yo'ldan adashib qolmaymiz.   

- Qisqa vaqt davom etgan shov-shuvdan so'ng yana o'z o'rningizda qoldingiz. Barcha muxlislar sizni himoya qilib chiqishdi. Ularning Davron Fayzievga muxtojligi yaqqol ko'rinib qoldi. Rostini aytganda, mana shunday ravishda sizni qo'llab-quvvatlab chiqishlarini kutganmidingiz?
- Yo'q, bunday tarzda meni yo'qlab chiqishlarini kutmagandim. Ammo men haqimdagi ijobiy fikrlarni eshitib xursand bo'ldim. Klubdan ketgan paytimda hech kimga hech nima demasdan o'zimni soyaga olib turgandim. Yani, voqealar rivoji qanday tus olarkin deya kuzatib turdim. “So'g'diyona” uchun befarq bo'lmagan barchaga minnatdorligimni bildiraman. Qilgan mehnatlarimizni qadrlagan muxlislarimizdan xursand bo'ldim. Bundan keyin ham to'g'ri yo'nalishda ishlashda davom etamiz va o'ylagan maqsadlarimizga erishamiz degan umiddaman. 

- Jamoadagi ishingizni davom ettirishingiz haqidagi gapni birinchi bo'lib kimdan eshitdingiz?
- Vice-prezidentimiz bilan suhbatdan keyin malum bo'ldi. U kishi bilan gaplashib chiqqunimga qadar mening klubda qolganim haqida internet saytlarida xabarlar qo'yilgan ekan. Balki matbuot kotibimiz faollik ko'rsatgandir. Jamoada ishlashim aniq bo'lgach yana qo'ng'iroqlar va smslar tinmadi. Bundan keyin ishonchni yo'qotmaslikka harakat qilaman. Aslida ham ushbu ishonchni yo'qotmagandim. Ammo yangi rahbar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga intilaman.

- Bo'lib o'tgan ishlardan so'ng o'zingiz uchun qanday xulosaga keldingiz?
- Men haqimda kim nima dedi? Bunday narsalarning ortidan quvlash niyatim yo'q. Agar chindan ham o'zgatirish kiritib boshqa murabbiyni olib kelishmoqchi bo'lishganida ham hech qanaqa etirozim bo'lmasdi. Futbolchilar oldida oz-moz qarzdorliklar qolgan. Lekin rahbariyat vaziyat iziga tushishini va hech kimdan qarzimiz qolmasligini aytdi. Oldimizda esa katta ish turibdi. 2015 yilda stadionimizning ochilishi bo'lib o'tadi. O'ktam Maxmudjonov klub oldida turgan katta qiyinchiliklarni bosib o'tishda ikkalamiz muhim rol o'ynashimizni alohida takidladi.

- Har doim matbuot orqali yaxshi munosabatda bo'lasiz. SHu sababli har qanday bildiradigan fikrlaringiz etiborni o'ziga qaratadi. O'ylagan falsafangizni fikrlaringiz orqali ifoda etib berasiz. SHu bois ham ko'pincha aytgan gaplaringiz bahslashishga turtki bo'lib turadi.
- Hayotdagi shiorim shundayki, hamma vaqt oddiy inson bo'lib qolishga harakat qilaman. Qancha oddiy bo'lib qolaversang, xalq senga shuncha ko'p ergashaveradi. Bu orqali ishonch qozoniladi. SHu tomonlama o'z yo'limni belgilashga harakat qilaman. Oldimizda qarzdorlik bo'lsa ham hech kimni aldab ketmoqchi emasmiz. Jizzax futboli uchun mendan nima talab qilinsa, barchasini berishga tayyorman. Ammo bu narsa doim ham murabbiyga bog'liq bo'lib qolavermaydi. Qachonki, hammamiz birgalashib ishlasak, nimagadir erishishimiz mumkin. Vice-prezident bilan bir marta gaplashib, uning ko'zlangan maqsadlarga qanday erishish haqida o'ylayotganini darrov tushunib etdim. CHempionatning boshida Farg'onada yangi stadionning ochilishi bo'lib o'tadi. Biz ham o'z maydonimizdagi ilk o'yinda stadionimizning ochilish marosimini chiroyli holatda tashkli qilmoqchimiz.

- Murabbiyning murabbiydan farqi bor. Gap shundaki, o'z fikrlari bilan boshqalarning etiborini tortadigani yoki jimgina ishlab natija bilan nom qozonish haqida o'ylaydiganlari bor. Sizningcha, murabbiy aslida qanday bo'lishi kerak? Bu boradagi dunyoqarishingizni bilmoqchiman.
- Sport sohasida ishlaydigan murabbiylar har xil bo'ladi. Umumiy manoda aytsam, u ruhshunos bo'lishi kerak. Murabbiyda boshqa sohalardagi xislat oz-ozdan bo'lsa zarar qilmaydi. Tashkilotchilik, qattiqqo'llik, o'z gapini o'tkaza oladigan va albatta ruhshunoslik ham talab qilinadi. Bir jamoada 35-40 nafar futbolchini jamlab, hammasini o'ziga bo'ysundira oladigan darajadagi murabbiy bo'lish muhim. Qolaversa, u rahbarlar bilan ham qanday gaplashishni bilishi lozim. Hamma har xil bo'ladi. Balki men hayotda og'ir bosiq murabbiydirman. Har qanday holatda ham u o'z so'zini futbolchilarga tushuntirib, etkaza olishni bilishi kerak. Bu erda quruq gap bilan ish bitmaydi. Uning aytganlarini maydondagi o'yin bilan isbotlashlari ham shart. Murabbiy o'ylaganlarini shogirdlariga tushuntirib bera olsa bu uning yutug'i. 

- Klubning qishki o'quv-mashg'ulot rejalari tuzib chiqilgandi. Ular o'z kuchida qoladimi?
- Hammasi o'z kuchida qoladi. 4 yanvardan 18 yanvargacha Zominda shug'ullanamiz. Ikki kunlik tatildan keyin Toshkentga ketamiz. Asosiy yig'inlarimizni poytaxtda o'tkazmoqchimiz. PFL Kubogida ham qatnashmoqchimiz. 7 martgacha rejalar ishlab chiqqanmiz. Zominda ko'proq jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlamoqchimiz. 22 yanvar kuni birinchi nazorat uchrashuvini “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishganmiz.  

- Tarkibda ham qanday o'zgarishlar yuz berishi muxlislarni qiziqtiryapti.
- Ha, tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Bilasiz, 4-5 ta o'yinchilarimiz boshqa klublarga ketishdi. Albatta, yangiliklar bo'ladi. Ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarimiz bor.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика