So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  10 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Davron Fayziev: Jamoam ko'rsatgan o'yinlardan hech qachon uyalmayman Yangiliklar

Davron Fayziev: Jamoam ko'rsatgan o'yinlardan hech qachon uyalmayman

Paxtakor-So'g'diyona (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab So'g'diyona jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.
- Bugun jamoamizning Oliy ligada jon saqlab qolish uchun bo'lgan imkoniyatlari yo'qqa chiqdi. Garchan birinchi ligaga tushib ketayotgan bo'lsakda men jamoam ko'rsatgan o'yinlardan hech qachon uyalmayman. Sababi, bizning har qanday raqib bilan o'tkazgan uchrashuvlarimizni kuzatgan bo'lsalaring agar, ular bizdan bir kalla ustun bo'lib harakat qilishmagan. Biz faqatgina o'zimizning hatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Men mag'lubiyatlardagi barcha ayblarni o'z bo'ynimga olaman. Lekin bir narsani alohida takidlab o'taman: jamoaning bu yil birinchi ligaga ravona bo'lishida Zomin stadionining maydon holati ham katta tasirini o'tkazdi. Aynan sifatsiz maydondagi uchrashuvlarda to'p ko'p hatolar  va kutilmagan gollar bo'lishiga olib keldi. Birinchi davrada juda ham muhim bo'lgan ochkolarni yo'qotdik. Mashal, Buxoro, Dinamo jamoalari bilan o'z maydonimizda bo'lgan uchrashuvlardagi ochkolar balki hozir bizga katta foydasi  tekkan bo'larmidi..

- Bugungi uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, shogirdlarim so'nggi daqiqalargacha kurash olib borishdi, Paxtakorga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Meni hayratlantirgani bu - hakamlar. To'p maydonni tark etmasdan yon qanot hakami bayroqchasini ko'tarib xavfli hujumni to'xtatgani, va yana bir xavfli hujumimizda o'yindan tashqari holatqayd etilganligi. Buni TV orqali kuzatganlar ham, stadiondagilar ham ko'rishgan bo'lsa kerak.

- Men hozirda jamoada to'p surayotgan futbolchilarning barchasini jamoada olib qolib, birinchi ligada ham ular bilan ishlashish niyatim bor. Lekin rahbariyat qanday qaror qabul qiladi bunisini bilmayman. Jamoa albatta Oliy ligaga qaytadi.

- Oliy ligada 16 ta jamoa?! hayronman. Bunaqa gaplar har yili mavsum tugashida va boshlanishidan oldin ko'p gapiriladi. Bu gaplar faqat oddiy fikrlar deb qarayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика