So’nggi yangiliklar

21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  2 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  8 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  286 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  1 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  5 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  12 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  23 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  9

Davron Fayziev: “Vazifani uddalaganimizdan xursandman” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Vazifani uddalaganimizdan xursandman”

Yaqin o'tmishning mohir himoyachilaridan biri bo'lgan Davron Fayzievning ikki yildan buyon Jizzaxning “So'g'diyona” klubini boshqarib kelayotganidan xabaringiz bor.
Fayziev bu yil oliy ligada bosh murabbiy sifatida debyut mavsumini o'tkazmoqda. Aytish kerakki, uning jamoasi asosan mahalliy futbolchilardan tashkil etilgan bo'lishiga qaramay, joriy yilgi chempionatda “yo'qolib” qolmadi. Xususan kamtarona sharoitga ega bo'lgan “So'g'diyona” elitaning kuchli jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarda jiddiy kurashgani so'zimizga isbot bo'la oladi. Eng muhimi jamoa bu yil kuchlilar safida qolish vazifasini bajardi. 

- Davron aka, ortda qolayotgan chempionat siz uchun qanday o'tmoqda?
- Men murabbiy sifatida bu yil debyutimni o'tkazdim. Joriy chempionat men uchun ajoyib o'tmoqda. Asosiysi yil boshida jamoa oldiga qo'yilgan vazifani uddaladik. Hozirgi egallab turgan o'rnimizni yanada yaxshilash uchun esa oldindagi o'yinlarda ko'proq ochko jamg'arishga harakat qilamiz. CHempionat startidan oldin jamoamiz uchun bu yilgi mavsum oson kechmasligini juda yaxshi bilardim. Ham og'ir, ham qiyin bo'lishini kutgandik. Xudoga shukur, qiyinchiliklarni engib o'tdik. Bundan juda xursandman.

- Oliy ligada qolish vazifasi bajarilganidan so'ng, engil tin olgan bo'lsangiz kerak?
- Albatta, rahbariyat va muxlislar oldida yuzim yorug' bo'lganidan quvondim.

- Yil boshida bosh murabbiy sifatida o'ylaganlaringiz necha foizga amalga oshdi?
- Ochig'ini aytganda, mavsum avvalida juda qo'rqqandim. CHunki chempionatning dastlabki ikki turida raqiblarimizga yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng ruhiy tushkunlikka tushib qolgandik. 3-turda esa biz o'z maydonimizda “Navbahor”ni yutdik. SHundan so'ng shogirdlarimning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi oshdi. Yigitlarimizda oliy ligada ham o'ynasa bo'ladi degan fikr yuzaga keldi.

- Bu yil “So'g'diyona” safida aytarli nomdor o'yinchilar bo'lmadi. Asosan mahalliy va bungacha birinchi ligada o'ynab kelayotgan o'yinchilar to'p tepdi. Ularni pishitib borish va kuchli raqiblarga qarshi kechadigan bahslarga tayyorlash jarayonini qanday o'tkazdingiz?
- Bu futbolchilar ham qachondir elitada o'ynashi kerak-ku! Birinchi ligadan oliy ligaga chiqqach odam o'z kuchiga ishona bilish kerak. SHuningdek murabbiy ham ishontira olish lozim bo'ladi.

- “So'g'diyona”da tajribali o'yinchilar ko'p bo'lmasa ham oliy ligada qolish vazifasi uddalandi. Buning siri nimada?
- Bu birgina tarkibga emas, hamma narsaga bog'liq. Bizda ham muammolar yo'q emas. O'zimizga yarasha kamchiliklar bor. SHunga qaramay jamoaning barcha azosi vazifani uddalash uchun birgalikda harakat qildi. Bir so'z bilan aytganda, muvaffaqiyatlarimizning kaliti – jamoaning ahil bir oila bo'lganligidadir. Eng katta yutug'imiz shu.

- Joriy chempionatda futbolchilaringiz o'zingiz istagan o'yinni qanchalik ko'rsata olishdi?
- Hech qaysi murabbiy jamoasi o'yinidan to'liq qoniqish xosil qilmaydi. Aks xolda jamoasi o'sishdan to'xtab qoladi. Futbolchilarga menda ortiqcha etiroz yo'q. Ular qo'llaridan kelganicha yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilishdi. Qaerdadir xatolar ham bo'ldi. Birinchi davradan keyin o'z o'yinimizni topib olganga o'xshadik. To'g'ri, hozir birinchi o'rinda natija turadi. Lekin futbol muxlislar uchun ekanligini ham unutmagan holda, mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qildik.

- Keyingi yil uchun tarkibda qandaydir o'zgarishlar qilishni o'ylab qo'ygan bo'lsangiz kerak?
- Iloji boricha bu yilgi tarkibimizni saqlab qolamiz. Kuchaytirilishi kerak bo'lgan chiziqlar ham yo'q emas. Albatta selekciya jarayonida tarkibga qo'shimcha qilamiz. Mavsum poyoniga etgach hammasini tarozini pallasiga qo'yib, ko'rib chiqamiz. Biroq keyingi yil ham mahalliy yoshlarga katta etibor qaratamiz.

- SHu o'rinda Renat Bayramov haqida so'ramoqchi edik. Bu futbolchi sizning jamoangizga kelib qo'shilishidan oldin malum muddat maydon chetida yurgandi. Lekin shunga qaramay tajribali pleymeyker bu yil o'zini ko'rsata oldi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- To'g'ri, Bayramov jamoamizga kelishdan oldin hech bir klubda o'ynamayotgandi. Futbolda eng yomoni bu – jarohatdir. Renatni ham oxirgi paytlarda jarohat tez-tez bezovta qilib kelayotgandi. Ammo shunday bo'lsada, biz unga ishonch bildirdik. O'z navbatida futbolchi ham ishonchimizni oqlashga intildi. Avvalgi sport formasiga kirishi uchun mashg'ulotlarda qattiq ter to'kdi. Ayrim bahslarda gollar urib, jamoa uchun muhim ochkolarni keltirdi. SHu bois murabbiy sifatida aytishim mumkinki, Bayramov bizga yordam berdi.

- Debyut mavsumingizda salbiy va ijobiy jihatlar sifatida nimalarni aytgan bo'lardingiz?
- Umumiy olib aytadigan bo'lsam, jamoam chiroyli o'yin ko'rsatib kutilmaganda mag'lubiyatga uchrab turdi. Keyin yutib turgan o'yinlarimizda yakunda alamli mag'lubiyatga uchraganimizni salbiy jihat deb aytgan bo'lardim. Murabbiy uchun g'alaba hamma narsadan muhim. Bu juda yoqimli. SHuni inobatga olib aytadigan bo'lsak, jamoam yutgan o'yinlar men uchun ijobiy jihatlar sifatida tarixda qoladigan bo'ldi. O'yinimizga esa munosib bahoni jurnalistlar va muxlislar beradi.

- Darvoqe, yaqinda Farg'onada “Neftchi”ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib qaytdinglar. Safarda bu jamoani yutish har kimga ham nasib etmaydi. “So'g'diyona” bunga qanday erishdi?
- 90 daqiqa davomida yugurasiz, ochko olish uchun harakat qilasiz. Uchrashuv mobaynida o'ziga xos to'qg'nashular bo'ladi. CHindan ham Farg'onada juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Qayd etilgan natija ham biz uchun quvonarli bo'ldi. Lekin bundan hozir ortiqcha ruhlanib ketmaslik kerak. Bu g'alabamiz tarixda qoldi. Endi kelajak haqida o'ylash kerak. CHempionat tugashiga yana uchta tur qoldi. Bo'lajak bahslarda ham ochko olishni o'ylash lozim.

- CHempionatda “So'g'diyona” eng chiroyli o'yinini qaysi jamoaga qarshi o'yinda namoyish etdi?
- Biz har bir uchrashuvda mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Eng alamlisi Toshkentda “Paxtakor” bilan o'tgan o'yinni aytishim mumkin. Bu jamoa nafaqat O'zbek futbolida, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega. “SHerlar”ni safarda 3:1 hisobida yutayotib, yakunda 4:3 hisobida imkoniyatni boy berganimiz juda alamli mag'lubiyatimiz bo'ldi.Bu futbol. Unda mana shunday alamli mag'lubiyatlar ham bo'lib turadi. Vaqtida o'zimiz ham shunday g'alabalarni qo'lga kiritganmiz.

- Bu yil oliy liga bilan qaysi jamoalar xayrlashadi deb o'ylaysiz?
- Bu haqda hozirdan bir nima deyish qiyin. Elitani kimlar tark etishini hamda sovrinli o'rinlar uchun kechayotgan kurashda kimning qo'li baland kelishini yaxshisi mavsum so'nggida bilib olamiz. Bu borada jiddiy kurash kechmoqda.

- Bosh murabbiy sifatida o'tkazgan debyut mavsumingizni ko'pchilik muxlislar ijobiy baholamoqda. Aytingchi, oliy liganing boshqa klublaridan keyingi yil uchun qiziqish bo'ldimi?
- Yo'q, hozircha takliflar bo'lmadi. CHorlovlarni ko'rib chiqish niyatim ham yo'q. CHunki keyingi mavsumda ham “So'g'diyona”ni boshqarmoqchiman. Hozirgi jamoani o'tgan yili tuzib, birinchi ligada ishtirok etgandik. Mana bu yil ikkinchi mavsumimiz bo'ldi. Klubni qabul qilib olganimdan keyin, o'z oldimga maqsadlar qo'yganman. Murabbiy sifatida qo'ldan kelganicha kurashib, ushbu jamoada ishlashda davom etaman. Yigitlar bilan yuqoriroq natijalar qayd etish uchun bor kuchni ishga solamiz. Boshqacha aytganda “So'g'diyona”ni chempionatda o'z o'rni bo'lishi kerak. Boisi Jizzax futboli mamlakatimizda o'z tarixiga ega. SHuning uchun jamoani avvalgi mavqeini tiklashga urinamiz

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика