Davron Fayziev: "Uchta do'st jangi bo'ldi "
11 apr 2015 19:45
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Uchta do'st jangi bo'ldi "
"Navbahor" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev ishtirok etdi.
"Navbahor"ni birinchi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun mehmonda ochko olish biz uchun juda muhim edi. Mag'lubiyatni ham tan olish kerak. Uchta do'st jangi bo'ldi deyishim mumkin. Bular Baqoev, Ashurmatov va men. Barcha bizning juda qalin do'st ekanimizni biladi. Agar imkoniyatlardan foydalana olganimizda balki natija boshqacha bo'lardi. "Navbahor" muxlislar evaziga ham ancha ishonchli o'ynadi. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Hayot to'xtab qolmaydi", - deydi Fayziev.
"Muzaffarovga ko'rsatilgan qizil kartochka? Hakamlarning qarorlarini muhokama qilmayman. Ularga baho beradigan nazoratchi bor. Mening ishim jamoani o'yinga tayyorlash".
"O'tgan o'yinlardagi himoyachilarning o'yiniga nisbatan bugungi himoyadagi o'yinimiz menga yoqdi. Urilgan golga kelsak to'p rekoshet holatdan so'ng darvozamizga urildi. Oddiy vaziyatlarda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik va mag'lub bo'ldik. Oldingi uchta turda ko'plab xatolar qilgandik, bugun esa bittagina xato bo'ldi".
"Meni qiynayotgan narsa 4 yildan buyon o'z muxlislarimimiz qarshisida o'ynamaganimiz".
"So'g'diyona" matbuot xizmati

Fikrlar