So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  13 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Davron Fayziev: “So'g'diyona” bu yil legionerlar xizmatidan foydalanmaydi” Yangiliklar

Davron Fayziev: “So'g'diyona” bu yil legionerlar xizmatidan foydalanmaydi”

Moddiy texnik bazasiga xavas qilib bo'lmaydigan “So'g'diyona” bu yil yana deyarli yangitdan tarkibni shakllantirmoqda.
Bosh murabbiy Davron Fayziev qiyin vaziyatdan chiqib ketishga xarakat qilayotganini ko'rish mumkin. Kamtarona sharoitlar bilan bo'lajak mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga intilayotgan jizzaxliklarning poytaxtdagi yig'ini chog'ida, bosh murabbiy Davron Oripovich bilan suhbatlashdik.

- O'zbekiston Kubogi-2015 uchun tashlangan qura haqida gapiradigan bo'lsam, bu borada ilk o'yinimiz Andijonning “UzDongJu” jamoasiga qarshi kechadi. Birinchi liga azosi bilan safarda o'ynaymiz. Bu kabi jamoalarga qarshi o'yinlarda syuprizlar ko'p bo'ladi. Misol uchun o'tgan yili “Xotira-79” oliy liga vakili “Buxoro”ni kubokda kurashdan chiqarib yuborgandi. “UzDongJu”ni ham biz uchun munosib raqib degan bo'lardim – deya gap boshladi Fayziev.



- Bu yil “So'g'diyona” yana boshqatdan tarkib tuzmoqda. SHunga qaramay o'yin bo'yicha mutaxassislar jamoangizga yuqori baho qo'ymoqda. Bu kabi etirof sizni qiyin vaziyatda ruhlantirib yuborsa kerak?
- Ha, etibor berayotgan bo'lsangiz o'tgan yili safimizda xarakat qilgan deyarli 10ta o'yinchi boshqa klubga o'tib ketdi. Hech bir futbolchining ketishi katta tasir qilishi kerak emas. Aytishadiku, almashtirib bo'lmas o'yinchining o'zi yo'q deb. Futbolda shunaqa, kimdir keladi va yana kimdir ketadi. Bu yil ham imkoniyatdan kelib chiqib, tarkibni shakllantirishga xarakat qilyapmiz. Agarda haqiqatdan ham mutaxassislar “So'g'diyona”ning o'yini haqida ijobiy fiklar bildirayotgan bo'lsa, albatta bu bizni to'lqinlantiradi. Buni hech qanday sirli joyi yo'q. Faqatgina shuni aytishim mumkinki, murabbiylar shtabi ishlashda davom etmoqda. Iloji boricha shu ishlagan uch mavsumimizdagi o'yinni yangi kelgan o'yinchilar bilan ham ushlab qolish va kurashchan jamoa shakllantirishni maqsad qilganmiz. Bu murabbiyning qilayotgan ishi deb bilaman. To'g'ri biz ham sehrgar emasmiz. Qaerdadir o'ziga yarasha xato va kamchiliklarimiz bo'lishi mumkindir. Lekin biz bitta o'yin uslubni tanlaganmiz va shu yo'nalishda yigitlarni mavsumga tayyorlamoqchimiz.

- Tarkibga yangi o'yinchilarni jalb etishda qiyinchiliklar bo'layotgandir. Negaki bugungi kun futbolchisi eng avvalo moddiy jihatni asosiy o'ringa chiqarmoqda.
- Inkor etmayman, juda qiyinchiliklar bo'lyapti. Agarda etibor qaratadigan bo'lsangiz, eng ko'p futbolchini ko'rikdan o'tkazgan “So'g'diyona” jamoasi bo'ladi, menimcha. Kun ora yangilarni saralab, qarashlarimizga maqul kelganlarini tarkibda olib qolyapmiz. Ular asosan birinchi ligadagi yoki oliy ligada zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar ekanligini aytish lozim.

- Ularni qaysi jihatlarini inobatga olasiz?
- Nazarimda har qanday murabbiy eng avvalo o'yinchini insoniyligiga etibor qaratadi. Bizda ham shunday. Undan tashqari menga mehnatkash futbolchilar yoqadi. Maydonda qora mexnat qiladigan o'yinchilarni olamiz. Aytishadiku, maydonda yurgan emas, yugurgan yutadi deb.

- Bu yil jamoangizda xorijlik futbolchilarni ko'ramizmi?
- Yo'q, asosiy etiborni mahalliy o'yinchilarga qaratganmiz.



- Aytishlaricha jamoada hanuzgacha muammolar bartaraf etilmagan ekan. SHu rostmi?
- Muammolarimiz yo'q emas. Nasib qilsa bu yil uydagi o'yinlarni Jizzaxdagi yangi stadionimizda o'tkazamiz. CHempionatning ochilish uchrashuvini yangi stadionda o'tkazsak, nur ustiga nur bo'lardi. Rahbariyat muammolar bartaraf etilishi haqida vada bergan. Bu yil nasib qilsa o'z avtobusimizga ega bo'lamiz. Moliyaviy tomondan muammolar bor.

- Bu borada ijobiy tomonga o'zgarish bormi?
- Bizga muammolar bartaraf etilishi haqida vada berishgan. SHunga ishonib ishlashda davom etyapmiz. Bizning vazifamiz Jizzax futbolini yanada kuchaytirish va jamoamizni yuqori o'rinlar uchun kurashadigan qilib, shakllantirish.

- Tan olish kerak, o'rtamiyona jamoalar kubokdan ko'ra asosiy etiborni faqat chempionatga qaratadi. “So'g'diyona”chi?
- To'g'ri savol berdingiz, Kubokda bitta o'yinga alohida tayyorgarlik qilinadi. Bu yo'lda ham yurishni erta to'xtatib qo'yishni istamaymiz. Imkon qadar uzoqroqqa borishga xarakat qilinadi.

- Bu yil jamoangiz oliy ligada qolish uchun kurashadimi?
- Bilasizmi hozir menimcha oliy ligadagi 70 foiz jamoaning kuchi tenglashib qolgan. Mana Toshkentdagi yig'in chog'ida boshqa raqiblarimizni ham kuzatyapmiz. Ularning tayyorgarligi qanday ketyapti? Kim qanday tarkib shakllantiryapti? SHularni ko'rib boryapmiz. Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, “So'g'diyona” bu yil uchlikka kurasha olmaydi. Lekin oliy ligada qolish uchun ham kurashamiz demagan bo'lardim. CHunki o'zimizni saviyamizga mos tushadigan jamoalar talaygina. CHempionatda ko'p narsa shuning uchun omadga bog'liq bo'ladi.

- Bu yil yangitdan tuzilayotgan tarkibdan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Hozircha to'liq 100 foiz qoniqish xosil qilyapman deya olmayman. Qaerdadir kamchiliklar bor.

- Asosiy tarkib o'zagini necha foizga aniqlab oldingiz?
- Buni deyarli 60-70 foizga aniqlab oldik deya olaman. Oldimizda yana 20 kun vaqt bor. O'yinimizga kuchaytirishi mumkin bo'lgan ikkita o'yinchi bilan muzokara o'tkazyapmiz. Agarda ijobiy tomonga hal etilsa, ishontirib aytamanki, “So'g'diyona” bemalol har qanday raqibga jiddiy tashvish tug'dira oladi.



- “So'g'diyona”da moliyaviy muammolar yuzaga kelgan bir paytda, yangi futbolchilarni nimani evaziga jalb qilish mumkin. Murabbiyning “avtoriteti”mi yoki ...?
- Ochig'ini aytganda, “So'g'diyona” bugungi kunda futbolchilar uchun eng yaxshi “tramplin” vazifasini o'tab bermoqda.

- Demak, puldan ham ko'ra asosiy etiborni ko'proq o'yin amaliyotini oshirishga qaratgan futbolchilar olinadi. SHundaymi?
- Ha. Etibor berayotgan bo'lsangiz, tarkibimizda 1-2 yil o'ynab o'zini ko'rsatgach, keyinchalik boshqa klubga o'tib ketishmoqda. Diqqat bilan kuzatsangiz, o'tgan yili safimizda o'ynagan qaysi futbolchi biror klubga bormasin, asosiy tarkibdan o'rin olmoqda. Bu degani bizning o'yinchi haqiqatdan ham “So'g'diyona”da o'ynab, o'sishga erishgan.

- Lekin tangani ikkinchi tomonini olib qaraydigan bo'lsak, bu jihat sizni ham ranjitsa kerak. Negaki, endi tayyorlagan o'yinchingiz nihol berishga kelganida, boshqa klubga o'tib ketib qolsa.
- To'g'ri, har bir murabbiyga alam qiladi. Lekin afsuski bugungi imkoniyatimiz shunga majbur qilmoqda. Albatta men ham o'tgan yilgi tarkibni saqlab qolgan xolda, ayrim chiziqlarni yanada kuchaytirib, yuqori o'rinlar uchun kurashishni istardim. Ammo imkoniyat hamisha ham xohishga to'g'ri kelavermas ekan.

- Legioner darvozabon Aleksandr Melenchuk jamoa bilan xayrlashdi. Bu kimning qarori?
- Melenchuk bilan xayrlashishimizning boisi shundaki, unga o'z yurtidan yaxshiroq taklif tushdi. Qolaversa yana bir jihati shundaki, bizga “Nasaf”dan Mixail Naumov kelib qo'shildi. To'g'ri, u oxirgi ikki yilda juda kam o'ynadi. Lekin o'yin tajribasi bor. SHuning uchun ham Naumov nomzodida to'xtaldik. Melenchuk ham yaxshi darvozabon. Buni yaxshirib bo'lmaydi. Hozir unga oliy ligamizning aksariyat jamoalari qiziqish bildirmoqda. Lekin uni qaytashi borasida aniq gap aytish qiyin. Moliyaviy imkoniyatimiz bugungi kunda Melenchunki olib qolishga yo'l qo'ymadi.

- Qaysi chiziqlardan ko'nglingiz to'lmayapti?
- CHap qanot himoyasi va yarim himoyadan qoniqish xosil qilmayapman. Buning ustida hali yana ishlashimiz kerak. Boshqa o'yinchilarni ko'rib chiqamiz. CHempionat startiga ham tobora oz muddat qolmoqda. O'zimizdagi yigitlar esa bu chiziqda o'ynab ketishga 60 foiz tayyor. Ularni birdaniga qo'yish ham o'zini oqlamaydi. Bir taym o'ynatib, mahoratini oshirib boramiz. Jamoa tarkibining 50-60 foizi mahalliy o'yinchilar tashkil qilishi uchun bizga yana 1-2 yil vaqt kerak bo'ladi. O'zinglar yaxshi malumki, bugungi kunda jizzaxlik bir qator futbolchilar mamlakatimizning grand jamoalarida o'ynamoqda. Futbolchining faoliyati qisqa bo'lgani uchun ham ular ko'proq moddiy imkoniyati yuqori bo'lgan jamoalarda o'ynashga intiladi. Ularni to'g'ri tushunish kerak. Kecha quvontirgani Sardor Rashidov bo'ldi. Jizzax futboli tarbiyalanuvchisi. Jamoamizda malum muddat o'ynab, keyinchalik uni “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga olib ketishgan. Xuddi shunday Jasur Hasanovni aytish mumkin. Bahodir Pardaev. SHuningdek Dilyaver Abibullaev. Lekin “Bunyodkor”ning OCHL pley-off bosqichida “Al Jazira”ga qarshi kechgan o'yinida Rashidovning gol urishi bizni xususan Jizzax ahlini to'lqinlantirib yubordi. SHaxsan o'zim juda xursand bo'ldim. So'rab, surishtirsangiz, jizzaxlik yigit ekanligini bilasiz.



- Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan o'yinchilardan tashqari yaqin orada yana Jizzaxdan iqtidorli o'yinchilarni etishib chiqishiga ishonsak bo'ladimi?
- Jizzaxda istedodli futbolchilar ko'p. Afsuski bugungi kunda ko'plab ota-onalar o'z farzandini “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf” akademiyalariga olib kelmoqda. Biz shu tomondan yutqazib qo'yyapmiz deb bilaman. Mana biz borini “So'g'diyona”da olib qolganmiz. Qolganlari boshqa klublarga o'tib ketgan. Hisoblasak, “Bunyodkor”da ham “Paxtakor”da ham jizzaxlik yigitlar ko'pchilikni tashkil etadi.

- Yoshlar jamoasi faoliyatidan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Yoshlar jamoasi bilan ikki marta uchrashdik. SHaxsan o'zim bitta nazorat bahsida qatnashdim. Hozircha bir nima deb bo'lmaydi. O'quv-yig'in jarayoni ketmoqda.

- Bu yil yoshlar jamoasining o'rtacha yoshi nechchi bo'ladi?
- Bugungi kunda tarkibda 1994 yildan 1998 yilgacha tug'ilgan futbolchilar bor.

- Renat Bayramovning yana “So'g'diyona”ga qaytganini ko'ryapmiz. Uning taqdiri hal bo'ldimi?
-Bayramovning jamoamizda qolishi hozircha aniq emas. Xalqimizning qarisi bor uyning parisi bor degan gapi bor. Maydonda yoshlarni o'z ortidan ergashtira oladigan, mahoratli o'yinchiga extiyoj sezdik. SHuning uchun Renatni ko'rikka taklif etdik. To'g'ri u oldin ham “So'g'diyona”da o'ynagan. Lekin o'tgan yili uni ko'rmadim. Hozir o'yinlarini kuzatib borib shunday xulosaga kelyapmanki, Bayramov agarda o'zining optimal sport formasiga chiqib olsa, mavsum davomida bizga katta yordam berishi mumkin. Har xolda uning tajribasi katta. Mana “SHo'rtan”ni misolida ko'radigan bo'lsak, Viktor Karpenko jamoa o'yinini o'zgartirib yubormoqda. Menga aynan mana shunday o'yinchi zarur. Agarda shunaqa futbolchi topsak, balki Renat bilan almashtirishimiz ham mumkin.

- Hujumchi Abdulatif Abduqodirovning qolishi aniq bo'ldimi?
- Abdulatif bilan alohida o'tirib gaplashib oldik. Nasib qilsa u jamoamizda qoladi.

- Bu yil ijara asosida ham o'yinchi olasizmi? Agar shundaylar bo'lsa, ular kimlar?
- Yo'q biz asosan erkin agentga aylangan o'yinchilar bilan shartnoma tuzyapmiz. “Mashal”dan kelgan Ihtiyor Toshpo'latovning shartnomasi bor ekan. Muborakliklar uni shunchaki qo'yib yuborishni istamadi. SHu bois Toshpo'latov bilan bu masalada kelisha olmasak, xayrlashamiz. CHunki rahbariyat o'zimizning futbolchilarni o'ynatishimizni talab qilmoqda. Aslida ham bu to'g'ri qaror. Ijaraga olib, uni pishitib bergandan keyin o'z jamoasi qaytarib olsa, bundan kelajakda kim yutadi? Undan ko'ra, o'zimizni o'yinchilarga etibor qaratsak, mevasini o'zimiz ko'ramiz. Ertaga rahmatni ham o'zimizga aytadi.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика