Davron Fayziev: "So'g'diyona" boshqalar uchun o'yinchi etkazib beradigan jamoaga o'xshab qoldi"
28 jan 2014 20:00
Yangiliklar

Davron Fayziev: "So'g'diyona" boshqalar uchun o'yinchi etkazib beradigan jamoaga o'xshab qoldi"
Jizzaxning “So'g'diyona” futbol klubi o'tgan hafta Toshkentga kelib uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va tezda ortga qaytib ketdi.
Endi jamoa azolari 30 yanvargacha tayyorgarlik mashg'ulotlarni klub qarorgohida davom ettirishadi. O'tgan yilgi chempionatda 10-o'rinni egallagan “So'g'diyona” bu yil kamida shu natijani takrorlashga urinib ko'radi. Jizzaxliklar poytaxtdagi nazorat bellashuvlarida “Dinamo” bilan 0:0, “Paxtakor” o'rinbosarlari bilan 3:2, “Neftchi” bilan esa 2:1 hisobidagi natijalarni qayd etishdi. Jamoa ortga qaytib ketish arafasida klub bosh murabbiyi Davron Fayzievdan intervyu oldik.
- “So'g'diyona”ning asosiy tarkibi “Dinamo” va “Neftchi”ga qarshi ketma-ket ikki kunda ikkita o'yin o'tkazdi. Dam olmasdan maydonga tushish futbolchilarni charchatib qo'ymaydimi?
- Biz qisqa muddatga poytaxtga kelganimiz uchun shunday qilmasak bo'lmasdi. Qolaversa, tarkibimizda o'yinchi ko'p. Men uchun futbolchini 10 daqiqaga tushirib sinab ko'rgandan ko'ra hech bo'lmasa bir taym o'ynatgan maqul. Iqtisodiy tomonlama birmuncha qiyin ahvolda bo'lganimiz bois Toshkentda ko'p tura olmaymiz.
- Futbolchi va murabbiylar oldida o'tgan yilgi qarzlar haliyam bormi?
- Yashirmayman, qarzdorlik bor. Klubimiz rahbariyati tezroq pul topib, hamma bilan hisob-kitob qilishga harakat qilyapti. Menimcha, chempionat boshlanguncha muammolar bartaraf etilsa kerak.
- Anchadan beri maosh berilmayotgani futbolchilarga tasir o'tkazmasdan qolmaydi. SHunday vaziyatlarda siz o'yinchilarni qanday tayyorlaysiz?
- O'zim ham vaqtida to'p tepganim uchun bu narsani yaxshi tushunaman va hozir ham shogirdlarimga qiyinchilik har doim bo'lmasligini, hali hammasi o'tib ketishini uqtiryapman. “So'g'diyona” oxirgi yillarda boshqa klublar uchun o'yinchi etkazib beradigan jamoaga o'xshab qoldi. Masalan, chempionat tugaganidan so'ng olti nafar futbolchimiz o'z ixtiyori bilan jamoani tark etdi. Qolaversa, boshqa o'yinchilar ham ketamiz deyapti. Agar kimdir kuchliroq klubga o'tadigan bo'lsa, o'sha o'yinchini to'xtatib qolish qiyin. CHunki ko'p narsa birinchi navbatda pulga borib taqaladi.
- Balki shu yo'l maquldir, yani o'yinchi tarbiyalab boshqa jamoalarga sotish?
- Bu yo'l hozircha maqul bo'lishi mumkin, lekin doim ham o'zini oqlayvermaydi. CHunki murabbiy har doim o'z mehnati mevasini ko'rishni xohlaydi. Siz qiynalib o'yinchi tarbiyalasangiz-u, bir yildan keyin u boshqa klubga ketib qoladigan bo'lsa, bu albatta murabbiyga alam qiladi. Bundan tashqari, rahbariyat ham natija so'raydi.
- Futbolchilar jamoani tark etgani bilan baribir ular o'rniga boshqasini topa olyapsiz.
- Iqtidorli futbolchilarni topsa bo'ladi, lekin ular bilan bir yil ishlash kamlik qiladi. Aytaylik, biz birorta yangi o'yinchini qishda topdik deylik. U bilan bir-ikki oy ishlashim mumkin, keyin chempionat boshlangach, murabbiyda futbolchi bilan individual shug'ullanish uchun unchalik ko'p vaqt bo'lmaydi. Buyog'iga faqat natija ustida bosh qotirishga to'g'ri keladi.
- Bilishimizcha, “So'g'diyona”ni futbolchilar erkin agent sifatida tark etishyapti. Ularni zamonaviy futbol talabiga binoan sotib pul ishlashning iloji yo'qmi?
- Buning iloji juda qiyin. CHunki klubning futbolchi oldida qarzdorligi bo'lganidan keyin o'yinchiga o'z tasirini o'tkaza olmaydi. Natijada ko'pchilik erkin agent sifatida u jamoadan bunisiga o'tib yuraveradi. Bu faqat bizning klub bilan sodir bo'layotgan holat emas, boshqa ko'pgina jamoalarda ham vaziyat shunaqa.
- Aleksandr Melenchuk darvozada turish bilan birga boshqalarni ham shug'ullantirayotgan ekan. Nahotki, darvozabonlar bilan ishlaydigan alohida murabbiyni taklif etishning iloji bo'lmasa?
- To'g'risini aytishim kerak, bu biz uchun eng og'riqli muammolardan biri. “So'g'diyona”da hatto darvozabonlar murabbiyini ishga taklif etish uchun ham imkon yo'q. Men bu borada rahbariyatga taklif kiritganman. Balki yaqin orada murabbiy bo'lib qolar. Darvozabonlar bilan alohida murabbiyning ishlashi zamon talabi bo'lib qoldi. CHunki bosh murabbiy maydonda 20-25 nafar futbolchini shug'ullantirayotgan bir paytda darvozabonlarga etibor qarata olmaydi.
- Sizni “Pro” licenziyasiga o'qiydi deb eshitgandik, lekin keyinchalik kurslarga bormabsiz.
- Ha, shunday bo'lib qoldi. Men uchun birinchi navbatda jamoa manfaati turadi. Klubning o'yinchilar oldida qarzi bo'lganidan keyin mening falon pul sarflab “Pro”ga o'qishim g'alati ko'rinardi. SHu bois buni his qilgan holda hozircha o'qimaslikni afzal bildim. SHunda ham Rustam Akramovga rahmat, u kishi meni kurslarga taklif etdi, ammo sharoitim ko'tarmagani uchun bora olmadim.
Xayrulla XOLIQOV.

Fikrlar