So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Davron Fayziev: Rostini aytsam bugun tarkib tanlashda ancha o'ylanib qoldim Yangiliklar

Davron Fayziev: Rostini aytsam bugun tarkib tanlashda ancha o'ylanib qoldim

So'g'diyona - Qo'qon-1912″ (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev qatnashdi.
- Bugungi kunga etkazgan Olloxga shukr aytaman. Bu kunni anchadan beri orziqib, juda uzoq kutayotgandim. Bir jamoa bilan uch marta o'ynab uch marta g'alaba qozonish juda qiyin vazifa edi. Men buni shogirdlarimga o'yindan oldin uqtirgan edim. Hozir echinish xonasida yigitlarga rahmat aytdim. Ular bugun ohirigacha kurash olib borishdi.

- 200-g'alaba ostonasida turganimizni bilardim. Yigitlarga ham jiddiy ravishda tushuntirgandim. O'yin davomida fikrni faqat o'yinga qaratib, maydonda ,quloqni yopib olib gap so'zlarga etibor qilmay harakat qilinglar deb. Ming shukrlar bo'lsinki, bugun omad biz tomonda bo'ldi.

- O'yinda hisob juda yirik ko'rinish ham olishi mumkin edi, agar yigitlar yaratilgan vaziyatlarni ko'kka sovurmaganlarida…

-Ikkinchi davrada imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda tarkibimizni kuchaytirishga harakat qilamiz.

- Yoshlarga ko'proq imkoniyat berishga harakat qilayapman. O'tgan o'yinlarda Nodir Ibragimov, Sanjar Rihsiboev, Dilmurod Ikromovlar yomon taasurot qoldirishmagandi. Rostini aytsam bugun tarkib tanlashda ancha o'ylanib qoldim. Qo'qon-1912″ bilan bo'lib o'tgan ikkita va Olmaliq bilan o'yinlarda yigitlar maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishgandi.

- Biz har bir o'yinga ohirgi o'yindek jangovor ruhda chiqayapmiz. Hozircha jamoani shu ruhda ushlab turibmiz. Agar hozir biron joyda ozroq emirilish ketsa, barcha rejalarimiz buziladi.

- Keyingi o'yinlarda ham maydonga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bunyodkor uchrashadigan bo'ldik. Bu safar kubok o'yinida. Ungacha esa bor etiborimizni Buxoro bilan bo'ladigan uchrashuvga qaratamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика