Davron Fayziev: "O'z xatolarimiz tufayli yana mag'lub bo'ldik"
01 iyu 2014 21:55
Yangiliklar
Davron Fayziev: "O'z xatolarimiz tufayli yana mag'lub bo'ldik"
"So'g'diyona" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev qatnashdi.
"Biz bugun faqat natija uchun o'ynadik. Birinchi bo'limdan so'ng men yigitlarga shunday o'ynashda davom etishimizni aytgandim", - deb gap boshladi Fayziev.
"Birinchi golga keladigan bo'lsak, xatodan hech kim kafolatlanmagan. O'tgan o'yinda eng yaxshi futbolchi bo'lgan Aleksandr Melenchuk bugun xatoga yo'l qo'ydi. Uni aybdor deb ayta olmayman. Sababi maydon holatini ko'rdinglar, biz ham raqib ham qiynaldi. Oddiy xatolar tufayli yigitlarning ruhiyati tushib ketmoqda. Bunday vaziyatlar juda ko'p bo'lmoqda. Natija uchun men javob beraman. Bugun kamida durang o'ynashga urindik. "Bunyodkor" bizdan ustun o'ynagani yo'q, o'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Agar raqib ikki uch karra ustun o'ynab yutganida tan berardim".
"Kuni kecha Jizzax viloyati hokimi klub qarorgohiga kelib bizga dalda berib ketgandilar. Ularga etibor uchun rahmat aytmoqchiman, lekin etiborni yanada kuchaytirmasak ahvolimiz juda yomonlashib ketmoqda. Agar qiyinchiliklarni engib o'tsak marra bizniki bo'ladi".
"Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ular bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Tan olaman biz chiroyli o'yindan ko'ra natijani ustun qo'yib o'ynadik", - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar