So’nggi yangiliklar

11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  2 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  6 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  26 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  2 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  2 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисини сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  6 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  5

Davron Fayziev: "Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman"

"So'g'diyona" - "Lokomotiv" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Davron Fayziev ishtirok etdi.
"Mag'lubiyatni tan olish mardlarni ishi, bugungi mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. G'alaba qozonsa jamoa yutadi, yutqazsa - murabbiy. Yigitlarga ko'rsatma berayotganimdan sensaciyani qo'lga kiritishni istayotganimni aytgandim. O'ylagan natijamizga erisha olmadik", - deb gap boshladi Fayziev. 

"O'z xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. Ikkita xato qildik va ikkita gol o'tkazib yubordik. Bizda esa 5-6ta vaziyat bo'ldi, xuddi raqib darvozasi sehrlangandek tuyuldi. Omad kuchlilarga kulib boqadi. Barchasi o'z qo'limizda, hali hech nima yo'qotilmadi. Bugungi yo'qotilgan ochkolarni Buxoroda olishga urinib ko'ramiz".

"Raqib safida Ignatiy Nesterovni alohida takidlagan bo'lardim. U gol bo'ladigan vaziyatlarda o'z jamoasini qutqarib qoldi".

"Hakamlarni boshqaradigan va tekshirib boradigan tashkilot bor. Komissarlar bor. SHu bois ularni ishini muhokama qila olmayman. Hakamlarning ishi haqida gapirishga murabbiyning haqqi yo'q, klubning haqqi bor".

"Maydon yomonligi haqida bahonalar ketmaydi, ikkala jamoa bitta maydonda o'ynaydi. SHu bois "asfalt" bo'lsa ham o'ynashimiz va g'alaba qozonishimiz kerak".

"Keyingi turda Buxoroga safar qilamiz. Edgar Gess ishdan bo'shatilgani haqida matbuotdan o'qib bildim. Bizda orqaga yo'l yo'q. Buxoroga faqat g'alaba uchun boramiz", - deydi Davron Fayziev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика