So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  3 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  8 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Davron Fayziev: “Kuz keldimi demak “jo'jalar”ni sanaydigan vaqt keldi” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Kuz keldimi demak “jo'jalar”ni sanaydigan vaqt keldi”

“Dinamo” – “So'g'diyona” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, barcha guvohi bo'ldi juda qiziqarli o'yin bo'ldi”, - deb gap boshladi Davron Fayziev. 

“Ko'pchilik menga bitta savolni juda ko'p berdi: Qachon “So'g'diyona” safarda ochko jamg'aradi? Mana bugun biz safarda bir ochko qo'lga kiritdik. Durang adolatli natija bo'ldi. Bugun samarqandlik muxlislar jamoamizni qarsaklar bilan qarshi olgani menga juda yoqdi.

“O'yinda bizda ham, maydon egalarida ham vaziyatlar bo'ldi, o'yin jangovor ruhda o'tdi. Durang natijadan to'la qoniqdim deya olmayman, har bir murabbiy doim nimadandir qoniqmaydi, 8:0 hisobida yutsangiz ham o'yindan qoniqmasligingiz mumkin. Natija qoniqtirishi mumkindir, ammo qaysidir joydagi o'yin yoqmasligi mumkin. Biz Samarqandga durang uchun emas g'alaba uchun kelgandik, ammo durangga erishdik. “Dinamo” o'z muxlislari qarshisida g'alaba qozonishni istashi aniq edi, biz shunga yarasha tayyorgarlik olib borgandik”.

“Har bir raqibga xurmat bilan qaraymiz, hozircha oliy ligani kim tark etishi malum emas. Oliy liganing ikkala qismida ham kurash so'nggi turlarga qadar kechishiga shubha yo'q. Lekin unutmangki kuz keldi, demak “jo'jalar”ni sanaydigan palla keldi. Vaqt kam qolmoqda, 8ta o'yin qoldi, shuni inobatga olsak barcha jamoalarda imkoniyat bir xil”.

Umid Raimjonov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика