So’nggi yangiliklar

12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  6 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  13 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0

Davron Fayziev: "Kerakli natija qo'lga kiritilmadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Kerakli natija qo'lga kiritilmadi"

"So'g'diyona" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Davron Fayziev ishtirok etdi.
"O'yin janogovor ruhda o'tdi. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi, faqat gol bo'lmadi. Yangierda ko'pgina muxlislar "Metallurg"ga muxlislik qilishdi. Sababi raqib safida yangierlik futbolchi o'ynadi. Jizzaxdan ko'plab ishqibozlar kelib bizni qo'llab turishdi. Kerakli natija qo'lga kiritilmadi. Bugun mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi, g'alaba qozonishimiz ham. "Metallurg"ning yutug'i asosiy tarkib futbolchilarning saqlab qolingani bo'ldi. Bugun darvozamiz dahlsizligini saqlab qolganimizdan xursandman. Mavsumda ilk ochkoni qo'lga kiritdik. Kuzda ochkolar etmay qolishidan xavfsirash kerak", - deydi Fayziev.

"Jizzaxdagi yangi stadionining chimi alo darajada. Ammo stadionning o'zining kamchiliklari bor. Qachon yangi o'yingohda o'ynashimizni bilmayman. Qanchalik tez o'z stadionimizga qaytsak jamoaga ham foydali bo'ladi. Yangierdagi maydon holati borasida nima deya olaman? Ikkala jamoa shu maydonda o'ynadi".

So'nggi yillarda "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda "So'g'diyona" faqat mag'lub bo'lib kelgan, ammo bularning bari tarixga aylandi. Jamoalar tarkibida o'zgarishlar bo'lgan. Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

Bu mavsum qanchalik yuqori o'rinni olsak shunchalik yaxshi bo'ladi. 10 yoki 13-o'rinni olish vazifasi qo'yilmagan. O'zim murabbiy sifatida 8-o'rinni olishimizni istayman, undan yuqori bo'lsa ham yo'q demayman.


"So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика