So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  0 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  3 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Davron Fayziev: "Ilk bor "Bunyodkor"ni mag'lub etganimizdan juda xursandman" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Ilk bor "Bunyodkor"ni mag'lub etganimizdan juda xursandman"

"So'g'diyona" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fayziev va hujumchi Jasur Hakimov qatnashdi.
"Butun jamoamizni, muxlislarni, rahbariyatni, bizga ishongan barchani tabriklayman. Ishonchni oqladik deb o'ylayman. O'yin qiziqarli bo'ldi. Xuddi "Mashal"ga qarshi tayyorlangandek tayyorlandik. Tayyorgarligimiz o'z mevasini berdi", - deydi Fayziev.

"Endi keyingi o'yinlarga tayyorlanish kerak. Bugungi kun tarixga kirdi. Sababi ertalab uchrashuv prevyusini ko'rgandim. "So'g'diyona" yirik hisoblarda yutqazgani, atiga bitta gol urilgani... Yigitlarga bugun g'alaba qozonsak tarixga kirishimizni takidladim. 8 yil davomida birinchi bor "Bunyodkor"dan ochko tortib oldi. SHu meni juda ham xursand qildi. Musobaqa jadvalida ham biroz bo'lsa ham ahvolimizni yaxshilab oldik".

"Uchta hujumchi bilan o'ynadik. Himoyalanganimizda Anvar Rajabov orqaroqqa qaytishi kerak edi. U bor kuchi bilan o'ynadi. Markazda uzilishlar bo'lgani rost. Lekin yigitlarimga etirozim yo'q. Kamchiliklarni o'rganib chiqamiz".

"Oleksandr Kablash bilan hozirgacha gaplashib turamiz. Agar imkoniyat bo'lsa uni jamoaga chaqiramiz. Hujum chizig'ida raqobat kuchayishini istaymiz".

Jasur Hakimov: "Muxlislarning qo'llab quvvatlashdi, murabbiylar ishonchi. Bugun jamoaviy g'alabaga erishdik. SHunchaki men gol urdim, bu gollarda barchaning xissasi bor". 

Jasur Hakimov: "Davron Fayziev yoshlarga ishonadigan murabbiy. Mag'lub bo'lsak va futbolchi xato qilsa uni zaxiraga o'tkazib qo'ymaydi. SHu hislatlarini qadrlayman".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика