Davron Fayziev: "Bugungi g'alaba oliy ligada qolishimiz uchun zamin yaratadi"
06 iyu 2014 20:51
Yangiliklar
Davron Fayziev: "Bugungi g'alaba oliy ligada qolishimiz uchun zamin yaratadi"
"Andijon" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jizzaxliklar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.
- Andijon futbol klubi shaharga etib kelganimizda bizni iliq kutib oldi. Bu bizni xursand qildi. Buning uchun klub mutasaddilariga minnatdorchilik bildirib qolaman deya gap boshladi Davron Fayziev.
- "Andijon"ning ikkita o'yininin kuzatgandim. Toshkentda "Lokomotiv" va Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazgan bahsini ko'rgandim. SHu o'yinlardan kelib chiqib, imkon qadar puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Safarga faqat g'alaba uchun borishimizni shogirdlarimga uqtirgandim.
- Bugun har ikkala jamoaga ham g'alaba suv va havodek zarur edi. Agarda bugun g'alaba qozonsak bu oliy ligada qolish imkoniyatimizni oshirardi.
- O'yindan oldin yigitlarda aytgandimki, biz oxirgi marta 1999 yili Andijondan g'alaba bilan qaytgandik. SHunda 2:1 hisobida yutgan edik. U paytda "So'g'diyona"da futbolchi sifatida o'ynaganman.
- Bugun yigitlarga g'alaba qozonishimiz muhim ekanligini uqtirgandim. Uchrashuv qiziqarli ruhda kechdi. O'z maydoningda devorlar ham yordam beradi degan gap bor. Bugun andijonlik ashaddiy ishqibozlar jamoani qizg'in qo'llab-quvvatladi. Bu eda muxlislar azaldan sevimli jamoasini qo'llab quvvatlab kelgan. Ularga gap bo'lishi mumkin emas.
- Biz qarshi hujumlarga tayangan xolda o'ynadik va maqsadimizga erishdik.
- Tarkibimizda nomdor o'yinchi yo'q. Biz bunday taniqli o'yinchilarni o'zimiz kashf etmoqdamiz.
- Vaziyatga har doim real qarayman. Bugungi g'alaba oliy ligada qolishimizga zamin yaratadi. Turnir jadvali biz uchun oson kelmadi. Keyingi turda "Paxtakor"ga qarshi o'ynaymiz. Bugungi g'alabani tezrok unutib kelgusi uchrashuvga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi. Birinchi davraning dastlabki turlarida ko'plab ochkolarni yo'qotdik. Endi ikkinchi davrada ko'proq ochko jamg'arishga intilamiz. Biz kuchlilar safida qolish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
- Yigitlar berilgan ko'rsatmalarni bexato bajarishdi. Faqat ikkinchi bo'limda Oripovni majburan almashtirdik. Uning o'rniga hujumchi Abdurahmonovni tushirganimning sababi vaziyat shuni taqozo etdi. Bizda Ayubxon No'monov universal futbolchi. Himoya va yarim himoyada ham bir xil saviyada o'ynay oladi. SHu bois uni ikkinchi bo'limda orqaroqda o'ynashini uqtirdim. Oldinga esa Abdurahmonov o'tdi. Suhrob Berdiev uning ortidan o'ynadi. Muhimi bu qilingan o'zgarish o'zini oqladi.
- Jamoamizdagi sharoitlar oliy liga klublari bilan taqqoslaganda, eng pastki o'rinni olamiz. CHunki bu yil shahrimizda bunyodkorlik ishlari ketmoqda. Asosiy o'yinlarimizni Zominda o'tkazyapmiz. Yoshlar ligasi bahslari esa Yangierda bo'lmoqda. Umid qilamizki, kelgusi yil bu borada sharoitlar ijobiy tomonga o'zgaradi.
- O'yindan oldin viloyatimiz xokimi qarorgohimizga tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatladi va jamoani oliy ligada qolishi uchun sharoitlarni yaratib berishini aytdi. Viloyat xokimining ushbu gaplaridan keyin bu bizga ruhan kuch bag'ishladi. Yigitlarni ham o'yinida o'zgarish kuzatildi", - deydi Fayziev.
Islombek Rustambekov

Fikrlar