Davron Fayziev: “Bugun bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmas edi”
25 okt 2014 18:46
Yangiliklar

Davron Fayziev: “Bugun bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmas edi”
“So'g'diyona” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.
“Bugungi ichki ishlar xodimlari bayrami bilan barcha IIV xodimlarini tabriklayman. Bugun bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmas edi. SHu bois so'nggi uchrashuvga tushgandek harakat qildik. Yigitlarimga umuman kurashlarda mag'lub bo'lmaslik kerakligini takidladim. “Bunyodkor”ga qarshi ko'rsatgan o'yinimizni namoyish eta olmasligimizni bilardim. Sababi maydonlar sifatining farqi bor edi”, - deb gap boshladi Fayziev.
- Bugun biz faqat natija uchun o'ynadik. “Andijon”ning xatolaridan unumli foydalanishga urindik. SHukurki bitta gol urib g'alaba qozondik. Nasib bo'lsa oliy ligada qolish vazifasini bajara olamiz. Oxirigacha kurashamiz. “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda munosib qarshilik ko'rsatish uchun boramiz. Holatimiz shundayki raqib tanlay olmaymiz. Barcha bahsda g'alaba uchun o'ynaymiz.
- Maqsadlarimiz juda katta. Jamoa har yili oliy ligada qolish uchun kurashmasdan yuqori o'rinlarda yurishini istayman. Har bir murabbiy chempion bo'lishga, OCHLda o'ynashni orzu qiladi. Buning uchun kuchli jamoa bo'lishi kerak. Barcha shogirdlarimdan ko'nglim to'q. Jamoani oliy ligada olib qolishni va futbolchilarni saqlab qolishga urinamiz.
- To'g'risini aytsam men “Real” muxlisiman. Yoshligimdan shu jamoaga befarq emasman. Og'ir davrlarni boshdan kechirgan vaqtda ham muxlislik qilganman, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Bugun "Real" g'alaba qozonsa juda ajoyib bo'lardi, - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar