So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Davron Fayziev: “Asosiy tarkibning o'zagini saqlab qolishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Asosiy tarkibning o'zagini saqlab qolishga harakat qilamiz”

Oliy ligada joriy mavsum bosh murabbiy sifatida debyut mavsumini o'tkazgan Davron Fayziev o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi.

Sababi ko'pchilik muxlislar “So'g'diyona”ni chempionat avvalida mavsum omadsizlari qatoriga qo'shib qo'yishgandi. Fayziev esa bunga javoban, taniqli bo'lmagan futbolchilar bilan kuchlilar safida qolishni uddaladi.

Endi keyingi yil ham jamoa elitadagi ishtirokini davom ettiradi. Biz jamoaning kelgusi rejalarini bilish maqsadida Davron Fayzievning o'zi bilan suhbatlashdik.

- CHempionatning oxirgi turida, “Bunyodkor”ga qarshi o'ynadik. Ushbu bahs tugagach, futbolchilarga tatil berganmiz – deya gap boshladi Fayziev. SHuning uchun hozir jamoaning barcha azosi dam olishda. Nasib qilsa, 20 dekabardan yigitlarni o'z qarorgohimizda yig'ishni rejalashtirib turibmiz.

- Bu yil tarkibimizda o'ynagan bir qator futbolchilarga oliy liganing etakchi klublaridan takliflar bo'lmoqda. Lekin biz ham qo'l qovushtirib turmoqchi emasmiz. Imkon qadar asosiy tarkibning o'zagini saqlab qolish niyatidamiz.

- Bu yil darvozamizni qo'riqlagan moldaviyalik posbonimiz o'z yurtiga jo'nab ketgan. Aleksandr Melenchuk yurtimizga safimizga qaytib kelishi kerak. CHunki tajribali golkiper bilan og'zaki kelishib olganmiz.

- Kuchaytirilishi lozim bo'lgan chiziqlar ham bor albatta. Eng birinchi navbatda oldingi chiziqdagi raqobatni kuchaytirish uchun mahoratli hujumchilarni olishimiz kerak. SHuningdek yarim himoyaga ham yangi o'yinchilar taklif etishni mo'ljallab turibmiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика