Davron Fayziev: "25 yanvar kuni "Neftchi" bilan o'ynaymiz"
07 jan 2014 10:33
Yangiliklar

Davron Fayziev: "25 yanvar kuni "Neftchi" bilan o'ynaymiz"
"So'g'diyona" klubining yangi mavsumga tayyorgarlik ishini boshlashdan darak yo'q. Buni bilish maqsadida bosh murabbiyga murojaat etdik.
- Davron aka, bugungi kunga kelib oliy liganing deyarli barcha jamoasi mavsum taraddudini boshlab yuborgan. Ammo siz boshchilik qilayotgan "So'g'diyona" bu borada jim. Bunga moliyaviy muammolar sabab bo'lyaptimi?
- Ha, shunday desa ham bo'ladi. Agarda moddiy qiyinchilik bo'lmaganida ertaroq kirishgan bo'lardik. Lekin nolimaymiz, shukur keltirib ishlashda davom etamiz.
- U holda aytingchi, yig'inni qachondan boshlashni rejalashtirmoqdasizlar?
- Bugundan yigitlarni o'z bazamizda yig'ishni o'ylab turibmiz (suhbat 6 yanvar kuni bo'lib o'tgan). Nasib qilsa kechga qadar yig'inni boshlaymiz.
- "So'g'diyona"ning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi qanday?
- Yanvar oyida Jizzaxda bo'lamiz. Fevraldan Toshkentga borib, yig'in tashkil etishni rejalashtirganmiz. PFL Kubogida ham ishtirok etishni o'ylab turibmiz.
- Sinov-nazorat bahslari ham o'tkazilsa kerak?
- Ha, albatta. Yanvarda uchta o'yin tashkil etamiz. Raqib jamoalarning nomi butunlay aniq emas. Birgina 25 yanvar kuni "Neftchi" bilan o'ynashimizni aniq aytishim mumkin. Qolgan ikki raqib esa javobini aytmadi.
- Bunday paytda futbolchilarning ham jamoadan ketib qolishi tabiiy xol?
- Hozircha jamoani tark etganlar deb nomlarga to'xtalmoqchi emasman. CHunki yig'inga kirishaylik, keyin kimlar keladi kimlar ketishni istamoqda. Bularning hammasi oydinlashadi. SHuni sizga malum qila olamanki, Siroj Hamroev "Mashal"ga o'tdi. U bilan do'stona xayrlashdik. Qolganlar jamoadan ketish haqida shaxsan menga aytishmagan.
- Legioner posbonning keyingi taqdiri qanday kechadi?
- Melenchuk o'tgan yili jamoamizga katta foyda keltirdi. SHu bois uni olib qolishni maqsad qilganmiz. O'zaro kelishuvga binoan futbolchi 10 yanvarga qadar safimizga kelib qo'shiladi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar