So’nggi yangiliklar

22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  69 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  10 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  6 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3

Davron CHoriev: "Keyingi bosqichda raqibning kimligi emas, muhimi ishonch" Yangiliklar

Davron CHoriev: "Keyingi bosqichda raqibning kimligi emas, muhimi ishonch"

O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Jahon chempionati guruh bosqichida Misrni mag'lub etib keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamizning etakchilaridan biri Davron CHoriev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Dastlab guruh bosqichi taasurotlari bilan o'rtoqlashsangiz. Gvatemala bilan o'yindan so'ng terma jamoamiz qiyin holatda qolgandi. Ishonch pasaydi, tanqidlar yog'ildi. Lekin Rossiya bilan o'yinda kutilganidanda yaxshi o'ynadinglar. Misr yutish orqali navbatdagi bosqich yo'llanmasi qo'lga kiritildi...

- Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgandi. Bevosita guruh bosqichi borasida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi uchrashuvdan so'ng qiyin vaziyatga ro'baro' keldik. Gvatemalani yutishimiz kerak edi, deb o'ylayman. To'g'ri tanqid qilganlar ham bo'ldi. Lekin ko'pchilik oxirigacha ishonch bildirib duoda bo'lganlar ham bo'ldi

- Misr bilan bahsda oldingi o'yinlarda o'xshamagan nima o'xshadi?

- Misr bilan o'yinga kelib hayajonlar ancha bosildi. Murabbiylar shtabi to'g'ri ko'rsatma bera olishdi. SHu omillar bizga katta yordam berdi. 

- Futzal terma jamoamizdan bundan ortig'ini kutishimiz mumkinmi yoki bu bor imkoniyatimizmi?

- Biz hozirda minimum vazifani bajardik. G'alabalarni davom ettirishga harakat qilamiz. 

- Navbatdagi bosqichda Argentina yoki Erondan biri bizga raqiblik qiladi. Qaysi terma jamoa bilan to'qnash kelishimizni istayapsiz?

- Raqib kimligi emas, muhimi o'zimizga bo'lgan ishonch. Ikki terma jamoa bilan ham o'ynash mumkin, deb bilaman. Fursatdan foydalanib futzalni rivojiga katta hissa qo'shayotgan O'FA, saytingizga, muxlislarga, vatandoshlarimizga, oila azolarimga katta rahmat aytmoqchiman. Jamoadagi ichki muhitning yaxshi ekanligida sizlarning o'rningiz beqiyos. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика