So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

Davralar oralig'ida “Bunyodkor” tarkibida yuz bergan o'zgarishlar Yangiliklar

Davralar oralig'ida “Bunyodkor” tarkibida yuz bergan o'zgarishlar

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi tarkibida davralar oralig'ida bir necha o'zgarishlar bo'ldi.

Birinchi davra bahslarida jamoamiz sharafini himoya qilgan o'n nafar futbolchi malum sabablarga ko'ra “qaldirg'ochlar” lagerini tark etishdi. Hujumkor yarim himoyachi Sardor Rashidov Qatarning “Al-Jaish” klubiga, himoyachi Artyom Filiposyan Samarqandning “Dinamo” jamoasi transfer qilindi. Hujumchi Anvar Berdiev, yarim himoyachi Mirzohid G'ofurov va himoyachi Obid Jo'raev bilan tuzilgan shartnomalar ikkala tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi va futbolchilar erkin agent maqomi ostida boshqa jamoalarga o'tib ketishdi. Yarim himoyachi Otabek SHukurov va hujumchi Temur Ayupov “Buxoro” jamoasiga mavsum oxiriga qadar ijaraga berildi. SHuningdek, himoyachilar Davron Valijonov va Aziz Mamazoitov, hujumchi Aleksandr Xamxodera “Bunyodkor” jamoasini tark etishdi.

Davralar oralig'ida “Bunyodkor”dan ketganlar

#     

Ism-familiyasi           

Tug'ilgan sanasi             

Ampluasi           

Ketgan jamoasi      

1 Anvar Berdiev                  
11.05.1978                   
Hujumchi                
“Andijon”
2 Mirzohid G'ofurov 22.09.1988 Yarim himoyachi               
“Mashal”
3 Obid Jo'raboev 17.02.1986 Himoyachi “Olmaliq”
4 Artyom Filiposyan 06.01.1988 Himoyachi “Dinamo”
5 Sardor Rashidov 14.06.1991 Yarim himoyachi           
“Al-Jaish” (Qatar)
6 Otabek SHukurov 22.06.1996 Yarim himoyachi “Buxoro”
7 Temur Ayupov 28.03.1993 Hujumchi “Buxoro”
8 Davron Valijonov 27.01.1996 Himoyachi -
9 Aziz Mamazoitov 28.11.1995 Himoyachi -
10 Aleksandr Xamxodera             
05.07.1996 Hujumchi -

Ikkinchi davra oldidan “Bunyodkor” sakkiz nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. Aslida “qaldirg'ochlar” safiga Anvar Rajabov “So'g'diyona”dan va Viktor Karpenko “SHo'rtan”dan keldi. Qolgan olti futbolchi esa mavsumning birinchi qismini birinchi ligada “Bunyodkor-2” tarkibida o'tkazishgan edi.

Davralar oralig'ida “Bunyodkor”ga kelganlar

#   

Ism-familiyasi                  

Tug'ilgan sanasi                 

Ampluasi          

Kelgan jamoasi               

1 Dilshod Jo'raev                      
21.04.1992                              
Yarim himoyachi       
“Bunyodkor-2”      
2 Anvar Rajabov 23.01.1988 Hujumchi “So'g'diyona”
3 Viktor Karpenko 07.09.1977 Yarim himoyachi “SHo'rtan”
4 Elyor Adhamov 02.06.1996 Darvozabon “Bunyodkor-2”
5 Islom Qobilov 01.07.1997 Himoyachi “Bunyodkor-2”
6 Mirjahon Mirahmatov 15.07.1997 Hujumchi “Bunyodkor-2”
7 Javohir Esonqulov 20.04.1997 Hujumchi “Bunyodkor-2”
8 Nurillo To'xtasinov 19.02.1997 Yarim himoyachi “Bunyodkor-2”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика