So’nggi yangiliklar

02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  1 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  37 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  6 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  6 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  10 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  2 21:46Нойер қайтмоқда  3 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  8 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1

Davlat Turdalievni xotirlab Yangiliklar

Davlat Turdalievni xotirlab

Yakshanba kuni mohir sport sharhlovchisi, ajoyib inson, mehribon ota, samimiy inson Davlat Turdalievni Farg'onaning Rishtonida so'nggi yo'lga kuzatdilar.
Sovuq xabar yashin tezligida tarqaldi. Eshitganlarning barchasi chin ko'ngildan xafa bo'lgani, kuyungani rost. CHunki Davlatbek yarim asrlik umri mobaynida insonlar ko'nglidan muqim joy olgan, hurmat-etiborga sazovor bo'lgan edi.

CHorak asr mobaynida uning ovozi kirib bormagan o'zbek xonadoni qolmagan desam, mubolag'a bo'lmas. Futbol uchrashuvlarini maromiga etkazib sharhlagani bois ishqibozlarning aksariyati uning mahoratiga tan berishgan, o'zini hayotda biror marotaba ko'rmaganlar ham ovozidan tanib, hurmatlarini ifoda qilishgan. Umumxalq etirofiga sazovor bo'lish oson emas. Buning ortida yillar davomida kechayu kunduz o'z ustida ishlash yotgani aniq. Davlatbek har bir sharhga o'ta puxta tayyorgarlik ko'rishi bugungi yosh hamkasblarga namuna bo'la oladi. Uchrashuv payti ro'y beradigan turli vaziyatlarga o'z nuqtai nazaridan kelib chiqib munosabat bildirishi muxlislarga manzur bo'lardi. Yillar davomida o'ta qiziqarli uchrashuvlar bilan bir qatorda zerikarli kechgan o'yinlarni sharhlashga to'g'ri kelgani ham bor gap. Ammo o'shandayam ehtirosli ovozi, so'zga boyligi, jamoalar va alohida sportchilarni yaxshi o'rgangani tufayli tomoshabinni ekran qarshisida millionlar o'yinidan zavq olishiga ko'maklashardi. SHu yil yozda Braziliyada o'tgan jahon chempionati uchrashuvlaridan reportajlari faoliyatidagi so'nggi yirik nufuzli turnirdan sharhlari ekanini kim bilibdi deysiz...

Davlatbek nafaqat futbol, balki sportning ko'plab boshqar turlarini chuqur o'rgangani reportajlaridan yaqqol sezilib turardi. Poytaxtimizda o'tkazilgan dastlabki yirik tennis turnirlaridan bevosita jonli efirda reportajlari, boksga bag'ishlangan ajoyib ko'rsatuvlari, yozgi va qishki olimpiadalar, Osiyo o'yinlari davrida boshqa musobaqalardan sharhlari mikrofon qarshisida haqiqiy professional o'tirganidan dalolat berardi.

Davlat Turdaliev mamlakatimizda sport jurnalistlarining yangi avlodi shakllanishiga katta hissa qo'shgani taxsinga loyiq. Bugun o'zlari yosh hamkasblariga ustozlik qilayotgan bir qator sharhlovchi va reportyorlar Davlatbekning maslahatlari, tavsiyalari, o'rinli tanqidiy fikrlari tufayli sport muxlislari auditoriyasida o'zlariga yarasha etiborga erishishdi. Davlatbek yoshlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga harakat qilar, o'z navbatida, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni birma-bir tahlil qilib, ularni tuzatish bo'yicha qimmatli maslahatlarini ayamasdi. SHu bilan bir qatorda, televideniega omma orasida obro' orttirish uchun kelganlarni, efirga tayyorgarlik ko'rishga erinadiganlarni xushlamasdi.

Davlat Turdaliev oilaparvar inson edi, egizak farzandlarini jonu dilidan yaxshi ko'rardi. Do'stlar davrasida samimiy hazil-mutoyibalari bilan ajralib turardi. Uning hazili og'ir botmaydigan, suhbatdoshlar chehrasida tabassum uyg'ota oladigan edi. Vodiyliklarga xos bo'lgan vaziyatdan kelib chiqib so'z o'yinida o'ziga xos tarzda luqma tashlashini endi qo'msab yuramiz.

Davlatbek “Sport” teleradiokanaliga rahbarlik qilgan davrida, eng avvalo, sport muxlislari extiyojini qondiradigan reportajlar, ko'rsatuvlar tayyorlashga alohida etibor qaratdi.

Uning orzulari bisyor, qiladigan ishlari ko'p edi. Umrining oxirgi kunlari o'tayotganidan bexabar Davlatbek Mundial - 2014 yakunlari” deb nomlangan turkum ko'rsatuvlarni futbol muxlislariga tortiq qilishga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Afsus va nadomatlar bo'lsinkim, ana shu turkumning birinchi ko'rsatuvi boshlanishi arafasida salomatligi yomonlashib, shifoxonaga olib ketildi. O'zi, o'tgan yili yurak xastaligi tufayli bir necha oy davolanib, yana qadrdon jamoaga va sevimli mashg'uloti - sharhlovchilikka qaytganida barcha-barchamiz chin dildan xursand bo'lgandik. Bu safar oshqozon osti bezi pand beribdi...

Yaxshi insonlar ko'proq umr ko'rishini xohlashimiz tabiiy. Davlat Turdaliev safimizda yurganida juda ko'p xayrli ishlarni amalga oshirgan bo'lardi. Lekin o'lim haq. Yaratganning irodasiga qarshi bora olmaymiz. Davlatbek o'zidan yaxshi nom, ajoyib farzandlar, istedodli shogirdlar qoldirdi. Barchaga mana shunday mazmunli umr nasib etsin! Davlatbekning oxirati obod bo'lishini tilaymiz...

 

"Bunyodkor" futbol klubi

Davlat Turdalievning

oila azolari va qarindosh-urug'lariga chuqur taziya izhor qiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика