So’nggi yangiliklar

19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  1 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  2 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  0 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  5 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  3 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  1 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  1 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  4 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  4 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  3

Davide Anchelotti "Everton" taklifi haqida o'ylamoqda Yangiliklar

Davide Anchelotti "Everton" taklifi haqida o'ylamoqda

"Real" yordamchi murabbiyi Davide Anchelotti Angliyaga yo'l olishi kutilmoqda.

"Everton" klubi yangi murabbiy qidirmoqda. Frenk Lempardni ishdan bo'shatgandan so'ng Premer-liga vakili jamoani oldinga chorlay oladigan va quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolishga qodir kimnidir izlamoqda.

Marselino varianti allaqachon ko'rib chiqilgan. Mersisayd klubi Ispaniyadagi murabbiylarni kengroq o'rganmoqchi. Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va uning "qirollik klubi"dagi yordamchisi Davide Anchelotti ham nishonga olinganlar qatorida. "Everton" ehtiyotkorlik bilan ish tutmoqda, chunki ular Davideni yaxshi bilishadi. Murabbiy "Everton"da Karlo Anchelotti davrida otasi bilan birga ishlagan.

Anchelottining "Everton"dagi faoliyati ikki yil avval "Real" mutaxassisni o'z o'rniga qaytarish uchun uni Madridga chaqirganida tugagan edi. 

APL vakilining taklifi garchi mavsum o'rtasida bo'lsa ham Davide uchun yaxshi tuyulmoqda. U bu haqda jiddiy o'ylab ko'radi. Gap faqat uning Ispaniyadan ketib Angliyada o'z bosh murabbiylik faoliyatini boshlashidagina emas, balki u Premer-liganing o'z tarixi va obro'siga ega jamoalardan birini boshqarish imkoniga ega bo'ladi. So'nggi yillarda uning Madriddagi ahamiyati ortib bormoqda, ammo u otasi izidan borib, bosh murabbiy bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib olgan. Uning nomi "Everton" rahbariyati tomonidan muhokama qilinayotgan variantlar orasida, biroq u birinchi raqamli nomzod emas. 

Lempardning o'rnini bosuvchi nomzodning izlanishi Marselo Belsani jamoa boshqaruviga ko'ndirishga urinish bilan boshlangan edi. 

"Real"da ularning murabbiyi atrofida nimalar bo'layotganini yaxshi bilishadi. Madrid klubi Davide hech bo'lmasa mavsum oxirigacha "qirollik klubi"da qolishiga shubha qilgani yo'q.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика