David Trezege: "Manchesterdagi finalda omad bizdan yuz o'girgan"
17 okt 2014 22:10
Yangiliklar

David Trezege: "Manchesterdagi finalda omad bizdan yuz o'girgan"
"Yuventus"ning sobiq hujumchisi David Trezege faoliyatidagi eng alamli final haqida to'xtalib o'tdi.
Faoliyatimdagi eng alamli o'yin Manchesterda o'tgan CHempionlar ligasi final uchrashuvi bo'ladi. O'sha mavsumda biz juda kuchli edik. Skudettoni qo'lga kiritgandik. "Milan" bilan bo'ladigan finalga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. O'shanda biz o'z kuchimizni yaxshi bilardik. Ammo finalda omad bizdan yuz o'girgan. Penaltilar seriyasida "Milan" bizni mag'lub etgandi. Bu o'yinni hech qachon esimdan chiqara olmayman.
Eng shirin xotiralarni eslasam, bu 2002 yildagi mavsum. Aynan shu mavsumda men ilk skudettoni qo'lga kiritgandim. "Inter"ning so'nggi turdagi qoqilishi va biz "Udineze"ni yutganimiz yakunda chempionlik taqdirini hal etgandi.

Fikrlar