David Silva "Bornmut"ga qarshi bahsgacha safga qayta olmasligi mumkin
15 sen 2016 12:10
Yangiliklar
David Silva "Bornmut"ga qarshi bahsgacha safga qayta olmasligi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Menxengladbaxning "Borussiya" klubiga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvini o'tkazib yuborgan yarim himoyachi David Silva holati haqida malumot berdi.
"Silvada jiddiy muammo yo'q, ammo biz uni asrashga qaror qildik. David "Bornmut"ga qarshi o'yna oladimi, yo'qmi, bilmayman, ammo u "Suonsi Siti" bilan o'yingacha safga qaytishiga umid qilaman" - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" - "Bornmut" uchrashuvi 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar