David Luis: "Sardorlik vazifasini bajarish menga qiyinchilik tug'dirmaydi"
07 iyu 2014 22:00
Yangiliklar
David Luis: "Sardorlik vazifasini bajarish menga qiyinchilik tug'dirmaydi"
Braziliya terma jamoasi futbolchisi David Luis Germaniyaga qarshi o'yinda jamoani sardor sifatida maydonga olib tushishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyaliklar sardori Tiago Silva diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. Terma jamoaning bu boradagi etiroziga rad javobi berildi.
"Men tayyorman. Men vice-sardorman va ushbu tarkib bilan ishlash oson bo'ladi. SHu sababli, menga sardorlik vazifasini bajarish umuman qiyinchilik tug'dirmaydi", - deydi futbolchi.
Fikrlar