David de Xea MYU bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamoqda
28 mar 2019 08:39
Yangiliklar


David de Xea MYU bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamoqda
28 yoshli ispaniyalik Manchesterda qolishni xohlayotgani malum bo'ldi.
“Manchester Evening News” nashri xabariga ko'ra, MYUning CHempionlar ligasi yangi mavsumida qatnashishi David de Xeaning yangi shartnoma imzolashida muhim rol o'ynaydi. Ayni damda MYU APLda 5-o'rinni band etib turibdi. Ispaniyalikning amaldagi shartnomasi esa joriy yil 30 iyunida yakuniga etadi.
De Xea 2011 yildan beri MYU safida to'p surib keladi. U joriy mavsum klub safida 37 ta o'yinda qatnashib, 45 ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar